Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi xodimlari ishtirokida davra suxbati o‘tkazildi.

11/05/2022 - 17:46 838

2022-yilning 11-may kuni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida hududiy boshqarmalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish hamda ushbu soha bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi xodimlari ishtirokida davra suxbati o‘tkazildi.

Ushbu davra suxbatida, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo’limi boshlig’i B.T.Nabiyev ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 2017 yil 3 yanvardagi O‘RQ-419-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son qarori mazmuni, ushbu soha bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati hamda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish masalalari bo‘yicha yo‘lga qo‘yilayotgan ishlar bo‘yicha qisqacha tushuntirishlar berildi.

Mazkur davra suxbati majlis qatnashchilari ushbu sohadagi bilimlarini kuchaytirish maqsadida savol-javoblar orqali samimiy ruhda o’tkazildi.