Farg‘ona viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

25/05/2022 - 17:40 853

2022-yilning 25-may kuni Oְ‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida hududiy boshqarmalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish hamda ushbu soha bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Farg‘ona viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu davra suhbatida, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i B.T.Nabiyev ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son qarori mazmuni, ushbu soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati hamda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish masalalari bo‘yicha yo‘lga qo‘yilayotgan ishlar bo‘yicha qisqacha tushuntirishlar berildi.

Mazkur davra suhbati majlis qatnashchilari ushbu sohadagi bilimlarini kuchaytirish maqsadida savol-javoblar orqali samimiy ruhda o‘tkazildi.