Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashuv

20/04/2022 - 18:06 1919

Joriy yilning 19-aprel sanasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Charlotte Adriean boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

        Uchrashuvda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxo‘jayev, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish departamenti direktori O‘tkirjon Xolbadalov, shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Vincent Caupin, Yevropa Ittifoqi elchixonasi hamkorlik aloqalari boshlig‘i Francis Begeot, loyiha boshqaruvchisi Doniyor Qo‘chqorov hamda boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdilar.

        Uchrashuv davomida yashil iqtisodiyotga o‘tish, yashil o‘sishni ta’minlash, zararli gazlarni kamaytirish, yashil strategiyalarni hayotga tatbiq etish, yashil moliyalashtirish instrumentlaridan foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy sohani raqamlashtirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

        Shuningdek, uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, barqarorlikni ta’minlash, tomonlar o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, yashil obligatsiyalar, kichik biznesni, xizmatlar sohasini rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.

        Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish hamda yuqoridagi masalalar yuzasidan hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

 

        Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

        Axborot xizmati