Odob-axloq masalalari muhokamasiga qaratilgan uchrashuvlar

15/04/2022 - 18:24 1741

Joriy yilning 14-aprel kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi navbatdagi ichki kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda vazirning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi v.v.b. Obiddin Maxmudov, Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari – Xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Shuxratali Do‘manov, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Yuldashxuja hamda vazirlik xodimlari va yoshlari ishtirok etishdi.

           Kun tartibidagi masala yuzasidan, vazirlik tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamoaviy ruhiyatni shakllantirish va bir qator tushunchalarning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

Xodimlarning ish jarayonidagi oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi, vazifalarga munosabatini belgilovchi hamda kasbiy burch haqida tasavvur hosil qiluvchi axloqiy meʼyorlar majmuasi kasbiy odobni tashkil etishi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. Odob-axloq komissiyasi bu kabi uchrashuvlarni muntazam tashkil etib, xodimlar, ayniqsa, yoshlarning taklif va mulohazalarini o‘rganishni maqsad qilganligi ma’lum qilindi.

Ushbu yig‘ilish davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida xizmat qiluvchi xodimlarning prinsiplari va qoidalari borasidagi fikr-mulohazalari bilan ochib berildi.

Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 62-son qarori ishlab chiqilgan. Shunga binoan, Vazirlikning 2021-yil 28-iyulda Odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi ham tasdiqlangan edi. Tadbirda, xususan, mazkur buyruqning “Xodimlarning ish vaqtidagi tashqi koʻrinishi boʻyicha talablar” sarlavhasi ostidagi 3-bobi ahamiyatiga koʻproq eʼtibor qaratildi. 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Axborot xizmati, Odob-axloq komissiyasi, Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish boʻlimi, Kasaba uyushmasi qoʻmitasi, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashi.