Aholini kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitish – fuqarolarimizni mehnat bozorida munosib oʻrin egallashiga va daromadini oshirishga xizmat qiladi

08/04/2022 - 12:57 2108

Mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambagʻal va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini taʼminlash maqsadida Respublikada 75 ta “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-hunarga oʻqitish markazlarida ishsiz fuqarolar mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, kasb-hunarga oʻqitish bilan bir qatorda bitiruvchilarning kasbiy malakasini WorldSkills standartlari asosida baholash, shuningdek, baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilarga mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda tan olinadigan Skills pasportini berilishi yoʻlga qoʻyilgan.

“Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻzlari tanlagan kasblarni egallashlari, fuqarolarni mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishlari hamda ularning doimiy ish bilan band boʻlishlari, shuningdek, tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun muhim zamin yaratadi.

Oʻtgan davr mobaynida respublikamizda jami 115 ming fuqarolar markazlarda oʻqib oʻz kasblariga ega boʻldilar. Misol tariqasida Namangan viloyati “Ishga marhamat” monomarkaz faoliyati hamda viloyatdagi mazkur borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumotlar taqdim etilmoqda.

Namangan viloyatida 6 ta yirik oʻquv markazlari va ularning qoshida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida mahallalarda 86 ta kasb-hunarga oʻqitish maskanlari tashkil etilgan. 

Viloyat markazida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazi shu yoʻnalishda tashkil etilgan oʻquv markazlaridan biri hisoblanib, uning quvvati 415 oʻrin boʻlib yiliga 3,2 ming nafar fuqarolarni kasb-hunarga tayyorlab bandligini taʼminlaydi.    

Mazkur markazda 6 ta soha 27 ta kasb-hunar yoʻnalishlarida tikuvchilik, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, qurilish va payvandlash ishlari hamda zargarlik, maishiy roʻzgʻor buyumlarini taʼmirlash kabi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻrgatiladi.

Shuningdek, raqamli texnologiyalar yoʻnalishi boʻyicha (Axborot texnologiyalari yoʻnalishi, Kompyuter savodxonligi yoʻnalishi, WEB dasturlash yoʻnalishi, Arxitektura va dizayner (avtokard va 3d max) yoʻnalishi) hamda 6 ta xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha oʻqishlar tashkil etilgan.

Hozirgi kunda viloyatdagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari tomonidan xatlov natijalariga koʻra aniqlangan 700 nafardan ortiq fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish ishlari amalga oshirilmoqda.

Kelgusida ishsiz aholini kasb-hunarga hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish koʻlamini oshirish hisobiga tegishli davlat tashkilotlari, ayniqsa, xususiy sektorni jalb qilgan holda joriy yilda 105 mingdan ortiq fuqarolarni oʻqitish koʻzda tutilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

 

#kasbhunargaoqitish #tadbirkorlik #ishbilantaminlash #Namanganviloyati