Ispaniyaning “Gedepsa” promouter-konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchraruv

07/02/2022 - 09:49 2064

Joriy yilning 3-fevral kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov Ispaniyaning “GEDEPSA” promouterlik-konsalting kompaniyasi bosh direktori Alexandro Moleropo bilan uchrashib, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mis mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, “AGMK” AJ sanoat korxonalari uchun suv tozalash inshootlarini qurish masalasini muhokama qildi.

Alexandro Moleropo yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha investisiya loyihalarini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

“Biz har bir tomchi suvni o‘ylashimiz kerak, – dedi kompaniya bosh direktori hamda mamlakatimiz iqtisodiyotining sanoat tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikka tayyorligi haqida ham ishtirokchilarga ma’lumot berdi.

Mehmonlarga so‘nggi 5 yilda mamlakatimizda mis ishlab chiqarish hajmi qariyb 1,5 barobar oshib, 2020-yilda 148 ming tonnaga yetgani haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yaqin 5 yilda mis ishlab chiqarishni 400 ming tonnagacha kengaytirish bo‘yicha vazifasi qo‘yilganligi, bu esa mamlakatimiz daromadini 7-8 milliard dollargacha oshishiga olib kelishi bo‘yicha axborot berildi.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, “AGMK” AJ mis klasteri, suv ta’minoti va mis qazib olish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Iqtisodiy tarqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati