“Coca-Cola İçecek” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

04/02/2022 - 21:26 1972

Joriy yilning 4-fevral sanasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov “Coca-Cola İçecek” kompaniyasining korporativ ishlar bo‘yicha direktori Servet Yildirim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

        Uchrashuvda, shuningdek, Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov, “Coca-Cola ichimligi Uzbekiston” kompaniyasi bosh direktori Ezel Agaoglu, “Coca-Cola İçecek” kompaniyasining Jamoatchilik ishlari guruhi yetakchisi Aykan Gulten hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

        Uchrashuvda tomonlar “Coca-Cola İçecek” kompaniyasining O‘zbekiston bilan olib borayotgan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar, ularni hayotga tadbiq etishda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, bozor talablariga asosan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarish faoliyatiga yangi uskunalar va texnologiyalarni olib kirish jarayonlari muhokama qilindi.

        Shuningdek, uchrashuvda yangi loyihalarni amalga oshirishda muhim bo‘lgan resurslar, logistika jarayonlari borasida fikr almashdilar.

        Uchrashuv so‘nggida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish borasida kelishib oldilar.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati