Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan onlayn-uchrashuv

29/01/2022 - 17:04 2215

Joriy yilning 27-yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolathonasi rahbari Sindi Malvichini bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

        Uchrashuvda, shuningdek, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari Enriko Pinali, Peter Marro va Dmitri Kabrelyan hamda vazirlikning mas’ul departament vakillari ham ishtirok etdilar.

        Uchrashuv davomida tomonlar bugungi kundagi pandemiya holati, xususan, yangi “Omicron” to‘lqining sohalarga ta’siri, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va infratuzilmani rivojlantirish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarni shakllantirishda yangi mexanizmlardan foydalanish, davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

        Shuningdek, uchrashuvda tomonlar hukumat tomonidan yangi shakllantirilayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashlanishi, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ipoteka bozori, xususiy sektorni rivojlantirish, loyihalarni moliyalashtirishda xususiy sektor sarmoyalarini jalb etish borasida fikr almashdilar.

        Uchrashuv so‘nggida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati