“Rothschild & Cie” vakillari bilan uchrashuv

21/01/2022 - 18:59 2391

Joriy yilning 21-yanvar sanasida Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Fransiyaning “Rothschild & Cie” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Arielle Malard de Rotshild xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

        Uchrashuvda, shuningdek, Fransiyaning “Rothschild & Cie” kompaniyasi boshqaruv direktori Tibaut Forkeyd hamda Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Omonulla Nasritdinxo‘jayev, Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov va vazirlikning mas’ul departament vakillari ishtirok etdilar.

        Uchrashuv davomida mamlakatdagi olib borilayotgan islohotlar jarayonlari, xususan, neft-gaz sohasidagi amalga oshirilgan ishlar, ushbu sohadagi yirik korxonalarni xususiylashtirish, mahalliy bank tizimidagi islohotlar va banklarni rivojlantirish, transformatsiya jarayonlari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar yirik xalqaro banklar bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari, davlat ulushi mavjud tashkilotlarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarida xalqaro konsalting kompaniyalar bilan hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashdilar.

        Uchrashuv so‘nggida tomonlar yuqorida qayd etilgan masalalar yuzasidan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib oldilar.

        

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati