Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

26/11/2021 - 21:54 2723

Joriy yilning 25-noyabr sanasida Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Moliya vaziri Timur Ishmetov Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

        Uchrashuvda, shuningdek, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, Jahon bankining O‘zbekistondagi bosh iqtisodchisi Vinayak Nagaraj hamda Markaziy bank Raisi o‘rinbosasi Behzod Hamrayev, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxo‘jayev va vazirlikning mas’ul departamentlar vakillari ishtirok etdilar.

        Uchrashuv davomida Jahon banki vakillari Bank tomonidan O‘zbekistonda 2022-2026-yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan hamkorlik dasturini ishlab chiqish jarayoni va joriy holati haqida ma’lumot berdilar.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, xususiylashtirish borasida ishlab chiqilayotgan strategiyalar va konsepsiyalar, xususan, davlat korxonalarini xususiylashtirish uchun shakllantirilayotgan dasturlar, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yashil iqtisodiyotga o‘tish istiqbollari masalalari muhokama qilindi.

        Shu bilan birga tomonlar raqamli iqtisodiyotga o‘tish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, yashil energetika, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, yangi texnikalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida fikr almashdilar.

        Uchrashuv so‘nggida tomonlar o‘zaro aloqalarni kengaytirish hamda yuqorida qayd etilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.

 

        Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

        Axborot xizmati