Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi xizmatlari

19/11/2021 - 17:30 920

Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi tomonidan quyidagi xizmatlar ko'rsatiladi:

Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etiladigan kafillik - qarz oluvchining tijorat banki oldidagi o’z majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish mas’uliyatini tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasiga (jamg’arma) yuklaydigan kafillik shartnomasi.

Jamg’arma tijorat banklarining kreditlari bo’yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi) miqdorda, biroq 8 milliard so’mdan ortiq bo’lmagan miqdorda kafilliklar taqdim etadi. Batafsil ma'lumotlar bu yerda >>


Tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etiladigan kompensasiya - tadbirkorlik sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo’yicha kredit foiz stavkasining bir qismini qoplashdir.

Kompensasiya xizmati bepul xizmat hisoblanib, to’lab berilgan kompensasiya mablag’i qaytarmaslik sharti bilan beriladi. Batafsil ma'lumotlar bu yerda >>


Jamg'arma tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlash sxemasi


Murojaat uchun telefonlar:

Kafillik masalalari bo'yicha:

+998 71 238 69 30

+998 71 238 69 94

Kompensatsiya masalalari bo'yicha::

+998 71 238 69 07

+998 71 238 69 15

Elektron pochta:

info@statefund.uz

statefund@exat.uz

Manzil:

100027, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Qoratosh ko'chasi, 1-uy (O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi binosi, 7-qavat)