Barqaror iste’mol va ishlab chiqarish orqali "yashil" iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha seminar

12/11/2021 - 20:22 1264

Yevropa Ittifoqi Barqaror iste'mol va ishlab chiqarishni (Sustainable Consumption and Production, SCP) rag'batlantirish va Osiyoda kam uglerodli, resurslarni tejaydigan va aylanma iqtisodiyotga o'tishni qo'llab-quvvatlash uchun 2007-yilda SWITCH-Osia dasturini ishga tushirdi. Dastur 2019-yilda Markaziy Osiyoga kengaytirildi va ikkita SWITCH-Osiyo komponenti hozirda Markaziy Osiyoning toʻrtta davlatida faoliyat koʻrsatmoqda – SWITCH-Osiyo Barqaror isteʼmol va ishlab chiqarish imkoniyatlari orqali hukumatlarga grantlar dasturi va texnik yordam taqdim etmoqda.

2021-yil 12-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasiga ko‘rsatiladigan texnik yordamning onlayn boshlang‘ich yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Yevropa Ittifoqining SWITCH-Osiyo SCP fondi tomonidan, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi ko‘magida tashkil etildi. Ushbu tadbirda 40 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Ushbu uchrashuvning maqsadi Barqaror iste'mol va ishlab chiqarishni siyosat va amaliyotga integratsiya qilish va mamlakatning yashil iqtisodiyotga o'tishini samarali qo'llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish va iqlimni yumshatish yo'lidagi qadamlarni muhokama qilish edi.

Shu maqsadda Yevropa Ittifoqining “SWITCH-Asia SCP Facility” ekspertlari O‘zbekiston Respublikasining Yashil iqtisodiyot strategiyasida belgilangan ustuvor taraqqiyot yo‘nalishlariga kiritilgan chora-tadbirlarni to‘ldirish maqsadida SCP Harakat rejasini tayyorlamoqda. Maqsadli yondashuv ishlab chiqilmoqda va manfaatdor tomonlar SCP amaliyotlarini amalda tatbiq etishga e'tibor qaratgan holda taklif loyihasi bo'yicha fikr-mulohazalarini bildirish uchun taklif qilindi.

Yevropa Ittifoqining “SWITCH-Asia SCP Facility” yordamining ikkinchi mavzusi to'qimachilik sektorida SCP vositalari va aylanma iqtisod yondashuvini takomillashtirish va joriy etishdir. Ushbu ishning asosiy maqsadi ta'minot zanjirini yaxshilash, suv va energiya sarfini minimallashtirish, kimyoviy moddalardan foydalanishni almashtirish, to'qimachilik va tikuvchilik sohasida barqaror ishlab chiqarish amaliyotiga o'tishni rag'batlantirish uchun tegishli SCP vositalarini aniqlash hisoblanadi. Toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlari boʻyicha keng koʻlamli tadqiqot va ushbu sohada faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston korxonalarining qiyosiy tahlili ham tayyorlanadi.

Barqaror iste'mol va ishlab chiqarish shakllaridan "yashil" iqtisodiyot va barqaror rivojlanishga o'tishning shoshilinch zaruratiga, ayniqsa, pandemiyadan keyingi iqtisodiy tiklanish davrida tobora ko'proq e'tirof etilmoqda. Bu o‘zgarish tegishli islohotlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari bilan bir qatorda salohiyatni hamda xabardorlikni oshirish, tegishli ta'lim va innovatsiyalarni talab etadi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya manbalari, xususan, quyosh energetikasi bo‘yicha o‘z maqsadlarini belgilashda muhim qadamlar qo‘ydi. 2019-yil 4-oktabrda O‘zbekistonning "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi tasdiqlandi va u asosida "yashil" iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish bo‘yicha idoralararo kengash tuzildi.

Barqaror iste'mol va ishlab chiqarishga o'tish siyosiy, iqtisodiy, institutsional, xulq-atvor va texnologik o'zgarishlarni talab qiladi. Bu barqaror iste'mol va ishlab chiqarish tamoyillari, yondashuvlari va strategiyalarini birgalikda qo'llash orqali amalga oshiriladi. Kelgusi yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Yevropa Ittifoqining “SWITCH-Osiyo SCP Facility” ekspertlarining ko‘magidan hamda mamlakatda SCP bo‘yicha yangi yondashuvlarni sinovdan o‘tkazuvchi to‘rtta pilot loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan grant sxemasidan foyda oladi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International