Davlat kadastrini baholash tizimini yaratish va ko'chmas mulk ob'ektlarining kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha ishchi guruhi rahbari bilan uchrashuv

02/08/2021 - 09:40 674

Iqtisodiy taraqqiyot va kamba‘allikni qisqartirish vazirligida Bosh vazir o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kamba‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorovning davlat kadastr baholash tizimini yaratish va ko'chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha ishchi guruh rahbari Yuliya Usova bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Iqtisodiy taraqqiyot va kamba‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o'rinbosari Ilhom Norqulov, Moliya vaziri o'rinbosari Dilshod Sultanov, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori Fazliddin Umarov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishning asosiy maqsadi ko'chmas mulk sohasidagi iqtisodiy asoslangan davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan ko'chmas mulk bozorini tartibga solish bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqishdan iborat.

Uchrashuv davomida Yuliya Usova tomonidan tartibga solishning zamonaviy modelini shakllantirish va ko'chmas mulk bozori (aylanmasi), shu jumladan xususiylashtirish, baholash faoliyati va davlat kadastr baholashni muvofiqlashtiruvchi huquqiy tartibga solish bo'yicha davlat organini belgilash tavsiya qilindi.

Yer uchastkalarining kadastr yoki bozor qiymatini aniqlashda ruxsat etilgan foydalanish turi asosiy narxni tashkil etuvchi omil hisoblanadi, bu yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari tasniflagichini ishlab chiqish va joriy etishni, shuningdek ularni tashkil etish va o'zgartirish qoidalarini talab qiladi. Shu bilan birga, yer uchastkasidan foydalanishga ruxsat berilgan turlar asosiy xususiyat bo'lib, yer uchastkasini qurish parametrlarini belgilashda xizmat qiladi.

Muhokamalar doirasidagi yana bir muhim masala-yagona ko'chmas mulk obyektining (YaKMO) shakllanishi va aylanishi va ko'chmas mulk solig'ini joriy etish. YaKMOga o'tish, kadastr hisobini yuritish va YaKMOga bo'lgan huquqlarni ro'yxatga olish, birlashuvi va bo'linishi qoidalari o'z ichiga olgan huquqlarni ro'yxatga olish to'g'risidagi qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritishni talab qiladi.

Shuningdek, O'zbekiston tomoni ko'chmas mulk bozorini tartibga solish va ko'chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini belgilash bo'yicha Rossiya tajribasi bilan tanishib, hududiy rivojlanishning samarali strategiyasini ishlab chiqish mamlakatimiz uchun ustuvor yo'nalishlardan ekanligini ta'kidladi.

Ishchi guruh rahbari tomonidan, shuningdek, shaharsozlik, soliq solish, kadastr hisobi va ko'chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish sohalarida qator islohotlarni uyg'unlashtirish muhimligini ta'kidlandi.

Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, Davlat kadastr baholash tizimini amalga oshirish va ko'chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini aniqlashda keyingi qadamlarni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida o'zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini ta'kidladilar.

Iqtisodiy taraqqiyot va kamba‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati