“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida Jahon bankining xalqaro konsultati ishtirokida jamoa safarbarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar

16/07/2021 - 10:17 779

Joriy yilning 14-iyul kuni Loyihani amalga oshirish jarayoni bilan tanishish doirasida Ozbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining direktori Akmal Burxanov Fargona viloyatida bolib otayotgan oquv seminarida ishtirok etdi. Shu bilan birga, u yerda Loyihani amalga oshirish guruhi direktori Zafar Urakov tomonidan tayyorlangan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha taqdimot ham namoyish etildi.

Xususan, Zafar Urakov tomonidan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining maqsadi - asosiy infratuzilma va ijtimoiy ob'ektlarni yaxshilashga yangi yondashuvni qollash ekanligini ta'kidladi. Shu bilan birga, loyiha qishloq aholisining keng ishtirokini kozda tutib, shaffoflik va hisobdorlikni ta'minlashga qaratilgan.

Shuningdek, Andijon viloyati Paxtabod tumani “Sohil” MFYda 264 orinli va Jizzax viloyati Baxmal tumani “Saroy” MFYda 220 oquvchiga moljallangan 2ta zamonaviy maktabni qurish boyicha loyihalar taqdim etildi. Ayni paytda, qurilish-tamirlash ishlari uchun pudratchini aniqlash jarayoni davom etayotgani haqida xabar berildi. Shu bilan birga, bu tadbirlar davomida Jahon bankining mutaxassisi ham ishtirok etdi.

Bundan tashqari, loyiha doirasida Jizzax va Sirdaryo viloyatlari qishloqlarida toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, elektr ta'minoti tizimlarini yaxshilash, ichki kochalarni ta'mirlash, ko'priklar qurish, shuningdek, chiqindi suvlarni quritish (mavjud drenajni qayta ta’mirlash) kabi 25 ta tegishli subloyihalar aniqlanganligi ta'kidlandi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati