"Obod qishloqlar" loyihasini amalga oshirish guruhi va Jahon banki mutaxassislarining Andijon viloyatiga ishchi tashrifi

16/07/2021 - 10:16 821

2021 yil 13 iyul kuni Andijon viloyatining hamkor fasilitatorlar Qishloq muhandislari va Qishloq Fasilitatorlari Marhamat tumani Qorabog’ich MFYga navbatdagi tashrifi amalga oshirildi. Tashrifda Jahon Banki mutaxassisi va "Obod qishloqlar" loyihasini amalga oshirish guruhi vakillari ishtirok etishdi. 

Mazkur tashrifda QM va QF lari tomonidan Qorabog‘ich MFY hududi har bir ko‘chaga tashrif mobaynida ko‘zdan kechib o‘tildi. Shuningdek, V-MTG a’zolari bilan birgalikda mahallaning manbalar xaritasi shakillantirildi.

Xaritada mahalla hududidagi barcha ko’chalar, mahalla chegaralari, obyektlar, transformatorlar, bino va inshoatlar va boshqa ijtimoiy obyektlar belgilab olindi.

Shu kunning o‘zida Farg‘ona vodiysida Hamkor fasilitatorlar uchun tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari hamda tanlab olingan hududlarda loyiha jarayonini monitoring qilish maqsadida Loyihani amalga oshirish guruhi direktori va Jahon banki mutaxassisi Andijon viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘ldi.

Tashrif davomida ishchi guruh quriladigan zamonaviy maktab hududiga tashrif buyurib tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati