"Uzbekistan: Focus on Capital Markets and Sustainable Development" deb nomlangan O‘zbekistonga bag‘ishlangan "Global Markets"ning maxsus nashridan:

12/07/2021 - 18:28 692

"Capital markets and sustainability key pillars of Uzbekistan's growth anddevelopment plan" - Foreword by Deputy Prime Minister Jamshid Kuchkarov
"Kapital bozori va barqarorlik – O‘zbekistonning o‘sish va rivojlanish rejasi asosiy ustunlari" - Bosh vazir o'rinbosari Jamshid Qo'chqorovning kirish so'zi batafsil

O‘zbekiston barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishish yo‘lida o‘zining ishlab chiqarish va institusional salohiyatini oshirishga intilmoqda.

Prezident Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2016 yil oxirlaridan boshlab O‘zbekistonda valyuta va tashqi savdoni liberallashtirish kabi ko‘plab iqtisodiy islohotlar bilan birga institusional, davlat korxonasi va bank sektori islohotlari amalga oshirib kelinmoqda. Shu bilan birga, mamlakatda tadbirkorlik muhiti, fiskal va pul-kredit siyosatini mustahkamlanmoqda va davlat-xususiy sherikchiligi (DXSh) joriy etilmoqda.

Yana shuni qayd etish joizki, Prezident — o‘tgan yilning oxirida — 2021 yil uchun islohotlar rejasini belgilab, mazkur yil bozorni yanada liberallashtirish uchun poydevor bo‘lishini ta'kidladi. Bunga asos sifatida davlat korxonalari va banklarini transformasiya qilish orqali raqobatbardosh va samarali korporativ sektorni yaratish hamda xususiylashtirish xizmat qiladi.

Ehtimol, mamlakat kelajagi uchun eng istiqbolli dastur kapital bozorlarini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan keng qo‘lamli dasturdir. Mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bozorlarini rivojlantirish natijasida barcha sanoat tarmoqlaridagi kompaniyalar uchun maqbul kapital jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, chakana investorlar avlodini shakllantirishga qaratilgan moliyaviy savodxonlik dasturlari investisiya portfellarini kengaytirish va diversifikasiya qilishga muhit yaratib boradi. 

Iqtisodni liberallashtirish dasturi ilgarilab borishi bilan bir qatorda barqarorlik masalalariga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Irrigasiya tizimlarini ta'mirlash, elektr energiyasini ishlab chiqarishda samaradorlikni oshirish va yer holatiga e'tiborni qaratish mamlakatdagi ekologik muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan dasturning asosiy qismidir. Shamol va quyosh energetikasida muhim investisiyalar barqarorlik dasturini yaqqol namoyish qiladi.

Maktablar va o‘qituvchilarni ham zamonaviy standartlar asosida rivojlantirishga investisiyalar ko‘zda tutilmoqda hamda davlat maktablarida kitob bilan ta'minlash tizimi transformasiya qilinmoqda va yangilanmoqda.

Covid-19 pandemiyasi ko‘plab mamlakatlarga og‘ir iqtisodiy ta'sir ko‘rsatdi, ammo O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida, hukumat tomonidan iqtisodiy inqirozga qarshi kurashish tashabbuslari va tezda jamoat sog‘ligiga qaratilgan e'tibor tufayli O‘zbekiston iqtisodiyoti 2020 yilda 1,6 foizga o‘sdi va bu o‘z o‘rnida O‘zbekistonni iqtisodiy o‘sish qayd etilgan sanoqli davlatlardan biri bo‘lishiga zamin yaratdi. 

Shu bilan bir qatorda, davlat qarzining yuqori chegarasini belgilash amaliyotini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida qarz mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha yillik limitlar, shuningdek, davlat investisiyalarini boshqarish va muvofiqlashtirish kabi tashabbuslar O‘zbekistonda davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlarning mo‘'tadil darajada saqlanib qolinishiga yordam berdi. Shu bilan bir qatorda, shartli majburiyatlar va fiskal xatarlarni baholash yo‘lga qo‘yilmoqda. Xalqaro kredit reyting agentliklaridan reyting olish ham hisobdorlik va oshkoralikni oshirish uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Inflyasiya darajasini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida 2020 yilda inflyasiya darajasi asta-sekin pasayishni boshladi. Iste'mol narxlari indeksini o‘rta muddatda 5 foizga tushirish pirovard maqsad hisoblanadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston xalqaro investisiyalarga ochilib bormoqda. Mamlakat 2019 yilda ilk marotaba 1 mlrd. AQSh dollari miqdorida suveren xalqaro obligasiyalarini muvaffaqiyatli chiqargan va joylashtirgan. O‘tgan yil esa, so‘mda va boshqa xorijiy valyutalarda 750 million AQSh dollari ekvivalentida navbatdagi suveren xalqaro obligasiyalar joylashtirildi. Bundan tashqari, Moliya vazirligining bevosita ko‘magi bilan "Sanoatqurilishbank", “Milliy bank”, "Ipoteka Bank" va "UzAvtomotors” AJ debyut xalqaro obligasiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi. O‘z navbatida, bu operatsiyalar xorijiy investorlarni ichki kapital bozoriga jalb qilishga yordam beradi.

Ushbu xalqaro obligasiyalarning muvaffaqiyati, jumladan, milliy valyuta operatsiyalariga bo‘lgan kuchli talab investorlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ishonchi, kelajakdagi o‘sish istiqbollari va hukumat islohotlar borasida amalga oshirayotgan taraqqiyotidan dalolat beradi.

Muhimi, O‘zbekiston ilk bor 2 trillion so‘m (200 mln. AQSh dollari) moqdorida taraqqiyotni moliyalashtirishga qaratilgan xalqaro obligasiyalarni ham joylashtirdi. Haqiqatan ham, JP Morgan Taraqqiyotni Moliyalashtirish Instituti (“JP Morgan DFI”) ushbu tranzaksiyani BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarining (BRM) 1, 3, 4, 5, 6, 8 va 9  hamda yuqori darajadagi taraqqiyotni moliyalashtirish deb ta'rifladi. Aniqroq aytganda, tranzaksiya kambag‘alikni qisqartirish, sog‘lom hayotni ta'minlash, sifatli ta'limni rivojlantirish, gender tengligini rag‘batlantirish, toza ichimlik suviga imkoniyat yaratish, samarali ish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va infratuzilma barqarorligini mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Qarz mablag‘laridan foydalanish samaradorligi va shaffofligini oshirish va tranzaksiyaning yakuniy ta'sirini baholash maqsadida Moliya Vazirligi va BMT taraqqiyot dasturi (BMTTD) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu esa o‘zbek jamoatchiligi va investorlari uchun oshkoralik va hisobdorlik imkoniyatini yaratadi.

 Tanlangan loyihalarning taraqqiyot holati bo‘yicha yillik hisobot Moliya vazirligi tomonidan BMTTD va “JP Morgan DFI” bilan hamkorlikda chop etiladi. Hisobotda aholi turmush darajasini yaxshilashga amalga oshirilayotgan loyihalarning ta'siri aks ettiriladi.

 Shuningdek, Moliya vazirligi barqaror rivojlanish maqsadlarida xalqaro obligasiyalar doirasini rivojlantirish, barqaror rivojlanish maqsadlarida byudjetni belgilash, loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qilish va ta'sirini baholashni o‘z ichiga olgan loyihalarni tanlab olish jarayonlari bo‘yicha BMTTD bilan hamkorlikni davom ettiradi.

 Kapital bozorlarining rivojlanishi hozirda Moliya vazirligi boshqaruvi ostida bo‘lib, u davlat qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishini ushbu yo‘nalishdagi asosiy omil deb biladi. Ushbu maqsadni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan kapital bozori tashabbuslari investorlar bazasi hamda moliyaviy instrumentlarni diversifikasiya qilish, xorijiy investorlarni jalb qilish, ikkilamchi bozorni rag‘batlantirish va xalqaro standartlar va tamoyillarni joriy etishni o‘z ichiga oladi.

 Davlat korxonalari va davlat banklar boshqaruvini transformasiya qilish va moliyaviy hisobotlar standartlarini joriy qilishga ham alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarini (MHXS) joriy etish, shuningdek, Kuzatuv kengashlari va Boshqaruv tarkibiga xalqaro tajribaga ega bo‘lgan mustaqil a'zolarni kiritish choralari ko‘riladi. Yana muhimi shuki, bu transformasiya jarayonlarida ishtirok etish uchun nufuzli xalqaro maslahatchilar jalb etilmoqda. Natijada, xususiy sektorning o‘sishiga yordam berish, va shu bilan birgalikda barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta'minlash uchun davlat korxona va banklarining samarali, shaffof va hisobdor bo‘lishlari lozim. 

 Keyingi uch yil mobaynida mahalliy kapital bozorlarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga maqsadida 15 ta davlat korxonalari va davlat banklarining ommaviy savdolar orqali aksiyalarini IPO yoki SPO usulida sotilishi kutilmoqda. Bunga tayyorgarlik ko‘rishda bizga boshqa muhim elementlar qatorida mukammal infratuzilma hamda aniq va mukammal qonunchilik kerak bo‘ladi.

Umuman olganda, Prezident Shavkat Mirziyoevning serqirra islohotlar rejasi ostida O‘zbekistonning kapital bozorini rivojlantirilishi mamlakat iqtisodiyotini liberalizasiya qilish hamda davlat korxonalari va davlat banklari transformasiyasi bilan hamohanglikda jadallashmoqda. Mamlakat zamonaviy va samarali moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida kapital bozorlarini rivojlantirish maqsadiga erishish uchun barqaror yo‘ldan bormoqda.

 

"Capital markets reform the engine of Uzbekistan's transformation"
"Kapital bozorlari islohoti – O'zbekiston transformatsiyasining dvigatelidir" batafsil

Sog`lom iqtisodiyotni xalqaro bozorlarga ochish maqsadida ulkan va keng ko`lamli islohotlar dasturi olib borilmoqda.

Muharrir – Jon Anderson

Bugun O'zbekiston xalqaro kapital bozorlarida o'z o'rnini mustahkamlagan holda iqtisodiyotni yanada ochish bo`yicha aniq yo'lni bosib o'tayotgan mamlakatdir.

O'tgan yillar davomida ko'plab boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar haqida ham shunday xulosa qilish mumkin bo`lsada, O'zbekiston o'z maqsadlariga erishish uchun ushbu mamlakatlarning aksariyatiga qaraganda yaxshiroq imkoniyatga ega.

Buning bir qancha sabablari mavjud, ammo quyidagi ikki sabab ularning ichida eng ko'p ajralib turadi.

Birinchidan, liberallashtirishga intilish Prezident Shavkat Mirziyoyev va tezkor transformatsiya dasturini amalga oshirayotgan ko'plab davlat idoralari tomonidan to`liq qo'llab-quvvatlanmoqda.

Ikkinchidan va shu o`rinda muhim bo`lgan kapital bozorlarini rivojlantirish Moliya vazirligi nazorati ostiga olinishi uning umumiy iqtisodiy infratuzilma qurilishi bilan hamohang ravishda rivojlantirish imkonini beradi. Bu, o`z navbatida, uning muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatining oshishiga xizmat qiladi.

“Kapital bozori – biz mamlakatni transformatsiya qilish dasturi doirasida rivojlantirishni maqsad qilgan zamonaviy, barqaror moliyaviy tizimning ajralmas qismidir”, - deydi O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetov. “Bunga erishish uchun makroiqtisodiy barqarorlik, kapital bozorlarini va umumiy moliyaviy tizimni rivojlantirishda izchil yondashuv va mustahkam huquqiy bazani yaratish kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Maqsadimizga erishish uchun biz ushbu muammolarni hal qilishga katta e'tibor qaratdik”.

Liberalizatsiya tashabbusining qo'llab-quvvatlanishi O'zbekiston iqtisodiyotining yaxshi ahvolda ekanligi ko`rsatadi. Xususan, mamlakat o'tgan yili pandemiya bilan bog'liq tangliklarga qaramay ijobiy iqtisodiy o'sishni saqlab qolgan Yevropa va Markaziy Osiyodagi uch iqtisodiyotdan biri hisoblanadi.

Bu yil YaIM o`sish ko`rsatkichi 5,5%ni tashkil etishi va 2022 yilda o`sish surati 5,8% gacha ko'tarilishi kutilmoqda - bu yaxshi ko’rsatkichga ega bo'lgan rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga mos keladigan o'sish sur'atlaridir. Bu yil inflyatsiya darajasi yuqori - 10%, ammo uni tushirish choralari ko`rilmoqda. Joriy prognozlarga muvofiq inflyatsiya darajasi 2022 yilda 9% gacha va 2023 yilda 5% gacha tushishi kerak, agar bunga erishilsa, bu Markaziy bankning yillik maqsadlariga (inflaytsion targetlash siyosati) mos keladi.

Bunday izchil iqtisodiy o'sishning sababi O'zbekiston Markaziy Osiyodagi foydali qazilmalar, minerallar va metallarning katta boyligi, shu jumladan oltin, to'qimachilik va xizmatlardan iborat eng diversifikatsiyalashgan iqtisodiyotga ega ekanligidir. Shuningdek, O'zbekiston mintaqada eng ko'p sonli aholiga ega mamlakat hisoblanadi.

Yana bir asosiy jihati, O'zbekiston to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilmoqda, bu ish o'rinlarini yaratish va iqtisodiy o'sishni yanada kengaytirish uchun juda muhim. Masalan, O'zbekiston Markaziy banki ma'lumotlariga ko'ra, 2019 yilda sof to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,3 milliard AQSH dollarni tashkil etdi, bu 2018 yilga nisbatan uch baravar ko'pdir.

Ushbu ijobiy ko`rsatkichlar va mamlakatning iqtisodiy salohiyatini hisobga olgan holda, “Raiffeisen Research” tahlilchilarining yaqinda o'tkazgan tadqiqoti hisobotida O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning “Polsha”si sifatida e'tirof etishi ajablanarli emas.

“Raiffeisen Research” tahlilchilarining ta'kidlashicha, bunga mamlakatning muvaffaqiyatli iqtisodiy ko'rsatkichlari va uning 2016/2017 yildan beri doimiy ravishda amalga oshirib kelayotgan iqtisodiy islohotlar yo'lidagi ijobiy yo'nalishi bilan bog'liqligi sabab bo'lgan.

Bunday izchil siyosat va rivojlanish xorijiy institutsional investorlar tomonidan yuqori baholanadi. Shuningdek, investorlar investitsiya imkoniyatlarini va daromad keltiradigan ishlarni qadrlashadi.

“Raiffeisen Research” hisobotiga ko'ra, mamlakatda asosiy foiz stavkasi 2021 va 2022 yillarda 10 foizdan yuqori darajada saqlanib qolishi kerak. Inflyatsiya va kuchli kreditlashtirishdan tashqari, tahlilchilar ushbu darajadagi stavkalar xorijiy investorlar uchun mahalliy kapital bozorining ochilishini bildiradi va shu bilan bir qatorda valyuta kurslarining kuchli tebranishlarini oldini olishga yordam beradi deb hisoblaydilar.

 

Xalqaro investorlarni jalb qilish

 

Bir qator hodisalar mamlakatning debyut xalqaro obligatsiyalar chiqarilishidan ko`ra ko`proq chet ellik investorlar uchun ochiqligidan dalolat beradi.

Ikki yil muqaddam xalqaro obligatsiyalarning birinchi chiqarilishi O'zbekiston uchun ulkan muvaffaqiyat bo'lib, mamlakatning xalqaro kapital bozorlariga chiqishini e'lon qildi.

Buyurtmalar kitobida takliflarning ko`payishi va investorlar bilan 1 milliard AQSH dollarlik kelishuvga erishilishi mamlakatga MDH va Turkiya mintaqasida eng past foiz stavkasi bilan debyut suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish imkoniyatini berdi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o'rinbosari Odilbek Isakovning fikriga ko`ra mazkur tranzaksiyaning ahamiyati hali hamon yo'qolmagan. "Xalqaro kapital bozorlaridagi emissiyalar, umid qilamizki, bizning ichki valyuta bozorimizni rivojlantirishga yo'l ochadi va buning asosiy sababi bizning ichki bozorimiz yakka holda rivojlana olmaydi", deydi u. "Bu xalqaro investorlar ko'magida xalqaro bozorlar bilan birgalikda rivojlanib borishi kerak."

Darhaqiqat, debyut xalqaro obligatsiyalar chiqarilishi mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo'lib, xorijiy investorlarga mamlakatning bir qator muhim xususiyatlarini, shu jumladan mamlakatning iqtisodiy salohiyati va barqaror suveren riskini namoyish etdi. Bundan tashqari, xalqaro obligatsiyalar chiqarilishi mamlakatning tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalashga yordam berdi va uning ikkilamchi bozordagi savdosi barqaror iqtisodiy siyosatning barometrini belgilab berdi. Muhimi, ushbu tranzaksiya mahalliy tijorat banklari va kompaniyalari uchun benchmark yaratdi va xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatini ochdi.

Ushbu imkoniyatdan foydalanishni istagan “Ipoteka Bank” joriy yilning aprel oyida 785 milliard (75 million AQSH dollari) so'm miqdoridagi uch yil muddatli xalqaro obligatsiyalarni muomalaga chiqarishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

"Shu kabi emissiyalar dollarizatsiya va valyuta xatarlarini kamaytirishga hamda Markaziy bankning mahalliy valyutadagi likvidlik me'yorlarini ta'minlashga xizmat qiladi", - deydi Moliya vazirligining Davlat qarzi departamenti direktori Jasur Karshibaev

Shu bilan birga, bunday emissiyalar O'zbekistonning mahalliy kapital bozorlarining o'sishi va rivojlanishi uchun ham muhimdir. Bu mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega masala bo'lib, obligatsiyalardan tortib aksiyalargacha bo'lgan barcha bozorlarda kapital bozori islohotini amalga oshirishni yanada jadallashtirishga yordam berish uchun ishlab chiqilgan va bir necha oy oldin imzolangan Prezident Farmoni bilan qo'llab-quvvatlanadi.

Ushbu islohot dasturining muvaffaqiyati uchun qiziqarli sinovi - bu “Toshkent” Respublika fond birjasida listing qilingan ba'zi yirik o'zbek kompaniyalarining “MSCI Frontier Index” ga kiritilishi bo’ladi.

Bozor ishtirokchilari umuman olganda ko`p sonli o'zbek kompaniyalarining indeksga kiritilishi mamlakat iqtisodiyotining kelajagi uchun ijobiy burilish nuqtasi bo'lishini e`tirof etdilar.

Biroq, bu yerda O'zbekiston duch keladigan qiyinchiliklar ko`lamini ham inobatga olish kerak. Shu o`rinda, quyidagi fundamental masalalar mamlakat tomonida yechilishi zarur: listing qilingan kompaniyalar orasida erkin muomaladagi qimmatli qog`ozlar erkin savdosining pastligi; qimmatli qog'ozlar bozoridagi professional ishtirokchilarning yetishmasligi va cheklangan investorlar bazasi; jamoatchilik moliyaviy savodxonligining qoniqarsiz darajadaligi; milliy qonunchilik va regulyativ bazaning xalqaro standartlarga mos kelmasligi.

“O'zbekiston kapital jamg'armasi” (Uzbekistan Equity Fund) tomonidan o'tkazilgan tahlillarga ko'ra, hozirgi vaqtda Respublika fond birjasidagi aksiya va obligatsiyalarning hajmi YaIM ga nisbatan 0,4% yoki birjaning umumiy bozor kapitallashuvining 4 foizidan kamrog'ini tashkil etadi, birjaning hozirgi bozor kapitallashuvi esa YaIM 11,5 foizni tashkil etadi.

Shu o`rinda, agar erkin muomaladagi qimmatli qog`ozlar erkin savdosining YaIMdagi ulushi 5%ga teng bo'lsa, bu taxminan 2,6 milliard AQSH dollari qiymatidagi aksiyalar yoki fond birjasining hozirgi bozor kapitallashuvining 43 foiziga teng bo'ladi.

O'zbekiston hukumati o'z maqsadiga erishish uchun davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonini tezlashtirishi va listingdan o`tgan aksiyalardagi ulushlarini sotishi kerak.

Agar bunga erishish mumkin bo'lsa, bu O'zbekistondagi investitsiya muhiti uchun "o'yin o'zgaruvchisi" bo'lib, juda katta miqdordagi mahalliy va xorijiy investorlar bazasiga ega bo'lgan likvid bozorni yaratishga xizmat qiladi va bu O'zbekiston kapitali bozorining Markaziy Osiyodagi eng yirik bozorga aylanishiga yordam beradi.

“Toshkent” respublika fond birjasi direktori (RFB) direktori Bekzod Usmonovning ta'kidlashicha, birja so'nggi besh yil ichida ikkala tranzaksiyalar va umumiy qiymat jihatidan juda barqaror o'sishga erishgan.

“Kelajakda kutilayotgan natijalardan va oldinga qo’yilgan katta maqsadlardan biz juda mamnunmiz. Men “Sukuk”, derivativlar, valyuta va obligatsiyalar bilan savdo qiladigan kunni ko'ryapman”, - deydi Usmonov.

O'tgan yil oxirida kapital bozorlarini modernizatsiya qilish yo'lidagi dastlabki qadamda hukumat 600 dan ortiq davlat korxonalarini, shu jumladan O'zbekistondagi eng yirik sement zavodi – “Qizilqum Sement” va shisha ishlab chiqaruvchi “Kvarts” va boshqalarni to'liq yoki qisman xususiylashtirish niyatida ekanligini e'lon qildi.

(Privatizatsiyaga taklif qilingan kompaniyalar)

- O'zmetkombinat (xalqaro dual listga kiritiladigan po'lat ishlab chiqaruvchi)

- Olmaliq metallurgiya kombinati (oltin, kumush va mis qazib oluvchi)

- Navoiy metallurgiya kombinati (dunyodagi eng yirik ochiq oltin koniga egalik qiluvchi kon konklomerati - Muruntov)

- O'zbekiston havo yo'llari milliy aviakompaniyasi

- O'zbekneftgaz (davlat neft va gaz monopoliyasi)

- Uztransgaz (tabiiy gaz taqsimlash / quvuri operatori)

- Xalq banki

- Agrobank

- Mikrokreditbank

- O'zagrosug'urta (eng yirik filial tarmog'iga ega bo'lgan kuchli beshlikka kiruvchi sug'urta kompaniyasi)

- Qurilishmashlizing (qurilish texnikasi lizingi)

- O'zavtosanoat (Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqaruvchi davlat korxonasi)

 

 

Kapital bozorlari islohoti

 Kapital bozorlarini isloh qilish va rivojlantirish dasturining turli xil ko’rinishlari mavjud, ammo ushbu dastlabki bosqichda eng muhim ustuvor yo'nalishlardan biri bu davlat qimmatli qog`ozlari (DQQ) bozorini rivojlantirishdir.

Bu o`ta muhim bo`lib, yaxshi ishlaydigan va likvidli DQQ bozori barqaror moliyalashtirish manbasi bilan ta'minlaydi, umumiy xatarlar profilini yaxshilaydi va mamlakatning tashqi qarzga bog'liqligini kamaytirishga yordam beradi.

Shunday qilib, kapital bozorini rivojlantirish dasturida ikkilamchi bozor likvidligini oshirish, moliyaviy vositalarni diversifikatsiya qilish, xalqaro standartlarni joriy etish va xorijiy investorlar uchun mahalliy bozorga kirishni ta'minlash orqali investorlar bazasini kengaytirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Moliya vazirligi xalqaro moliya institutlari va hukumatlar, shu jumladan Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va AQSh moliya vazirligi bilan hamkorlikda DQQ bozorini izchil rivojlantirmoqda. Ushbu sa'y-harakatlar natijasida chiqarilgan davlat qimmatli qog`ozlari hajmi so'nggi ikki yilda uch baravar oshdi va joriy yilda “besh yillik obligatsiyalar” birinchi marta joylashtirildi.

Kapital bozorini isloh qilish dasturining yana bir muhim qismi bu mamlakat ichida moliyaviy savodxonlikni oshirish tashabbusidir. Masalan, o'tgan yilning avgustida Markaziy bank tomonidan fuqarolarni moliya asoslari to'g'risidagi ma'lumotlar bilan ta`mainlashga qaratilgan (Finlit.uz) veb-sayti ishga tushirildi. Foydalanuvchilar uchun veb-sayt juda qulay bo’lib unda, maqolalar, o'quv materiallari, onlayn xizmatlar va moliyaviy loyihalarni qamrab oluvchi turli-xil segmentlarga bo'lingan.

 

[PQ] "Mamlakatdagi moliyaviy savodxonlikni oshirish orqali investorlar bazasini kengaytirish – bu barchamiz uchun muhim tashabbusdir, O'zbekiston esa ushbu imkoniyatni qo’ldan boy bermaydi", - deydi Moliya vazirligining Kapital bozorini rivojlantirish departamenti direktori Sarvarbek Ahmedov.

Bunday muhim tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farmoni asosida amalga oshirilayotgan ko'plab tashabbuslardan biri bo`lib, bu uning qanchalik shijoatli va hurmatga sazovor inson ekanligini tasdiqlovchi misoldir.[See separate box 2]

{Box out 2 – Key pieces of the President’s deadline-driven capital markets reform agenda]

- 2022-yil martgacha korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantirish.

- Islomiy moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan “Sukuk” obligatsiyalarini joriy etish. 2022-yil apreligacha qonunchilikka tegishli o’zgartirish va takliflar kiritish.

- Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysini 2022-yil dekabrgacha xalqaro standartlarga moslashtirish.

- 2022-yil maygacha korporativ ma'lumotlar uchun yagona portal yaratish.

- Nodavlat, o'zini o'zi boshqaradigan bozorning professional ishtirokchilari assotsiatsiyasini yaratish. Qonun loyihalari 2022-yil martgacha tayyorlash.

- Birjalarni ro'yxatga olish qoidalari, birjadan tashqari savdo siyosati nuqtai nazaridan yangilash va xalqaro ekspertlar ishtirokida o'quv dasturlarini amalga oshirish.

- Yangi aksiyalar chiqarish orqali respublika fond birjasidagi davlat ulushini kamaytirish.

 Darhaqiqat, ushbu keng ko`lamli islohotlar dasturi doirasida yaqin bir necha yil ichida juda ko'p ishlar, xususan moliya bozori infratuzilmasining asosiy yo’nalishlarini rivojlantirish va takomillashtirish borasida ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Davlat “Markaziy depozitariysi” direktori Sherali Abdujabborov buni juda yaxshi biladi va zamonaviy tizimni yaratish zarurati umumiy islohotlar dasturining muvaffaqiyati uchun juda muhimligini ta’kidlab o’tdi.

"Oxir oqibat biz o`z tizimimizni “Euroclear” va “Clearstream” kabi juda katta tizimlar bilan integratsiya  qilishimiz kerak", deydi u va uning tashkiloti hozirda Koreya fond birjasidagi hamkorlar bilan yaqin hamkorlik aloqalaridan har tomonlama foyda ko'rayotganini aytib o’tdi. "Biz yuzaga keladigan har qanday texnik muammolar bo`yicha hamkorlarimizning ko’magiga murojaat qila olamiz".

Zamonaviy kapital bozorlari platformasi uchun zarur bo'lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari alohida e'tiborga olingan sohadir.

“Yagona dasturiy texnik kompleks” faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, rivojlantirish hamda uning zaxira markazini tashkil etish markazi, fond bozorida bitimlarni onlayn tartibda amalga oshirish imkonini beruvchi mobil ilovalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish va Moliya vazirligiga o'z nazorat funktsiyalarini bajarishga imkon beradigan dasturiy ta'minot ishlab chiqish kiradi. Shuningdek, hukumat hozirgi me'yoriy-huquqiy bazalarni ushbu yangi islohotlar muhiti uchun yetarlicha mustahkam emasligini tan oldi.

Shunga ko'ra, Farmon ilg'or kapital bozorini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash uchun zarur bo'lgan turli normative-huquqiy hujjatlarni qayta tayyorlashni talab qiladi. Buning asosiy omili - investorlar ishtirokini qo'llab-quvvatlash uchun to'g'ri va qulay asoslarni yaratishdir, bu islohotlar dasturining yana bir muhim yo'nalishi hisoblanadi. Darhaqiqat, Prezident sarmoya kiritishga tayyor investorlar sonini ko’paytirish uchun qabul qilmoqchi bo'lgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Ushbu tashabbuslar qatoriga O'zbekistonning norezidentlari uchun mahalliy emitentlarning qimmatli qog'ozlarini sotib olish, mamlakatni turli jahon indekslariga kiritish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratish, kapital bozorlarida sug'urta kompaniyalari ishtirokini rag'batlantirish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda investitsiya fondlarini tashkil qilish kiradi.

Fond birjasi investorlarning ishtirokini ta'minlashda so’zsiz muhim rol o'ynaydi, ammo valyuta savdolarini osonlashtirish uchun shu kabi muhim ahamiyatga ega - mamlakatdagi eng yirik qimmatli qog'ozlar birjasi bo'lgan “O'zbekiston valyuta birjasi”ning o’rnini ham ta’kidlab o’tish joiz.

“O'zbekiston valyuta birjasi” bosh direktori Rashid Usmonov pandemiyaga qaramay, so'nggi ikki yil ichida savdo hajmi va qiymati o'sishda davom etmoqda. Yaqinda birjadagi savdolar qiymati 35 milliard AQSH dollariga yetdi - bu 2018 yildagidan uch baravar ko'p. “Joriy yilning oxiriga kelib biz valyuta va boshqa turdagi aktivlar uchun kelajak bozorni taklif qilmoqchimiz”, - deydi Usmonov.

 

Kelajak uchun poydevor

 

Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi nafaqat keng qamrovli, balki juda aniq belgilangan maqsadlarga ega. Mazkur chora-tadbirlar rejasi kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023-yil yakuniga qadar 45 trln so‘mga yetkazish, erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlarning umumiy hajmini yalpi ichki mahsulotning kamida 5 foiziga yetkazish, chiqarilgan korporativ obligatsiyalarning umumiy qiymatini 3,94 trln. so'mgacha oshirish va kapital bozorining uyg‘un faoliyati va uning barcha segmentlari rivojlanishini ta’minlash orqali respublika va hududiy investitsiya dasturlari doirasida loyihalarning qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismini 5 foizga yetkazishni o`z ichiga oladi.

Ammo O'zbekiston rasmiy hukumat doiralaridan tashqarida bo'lganlarga qanday qaraydi? “Silk Capital” direktori Sardor Koshnazarov singari odam uchun mamlakat uzoq vaqtdan beri potentsialga ega - bu imkoniyat aniq va professional tarzda ochilishi kerak.

“Bizning barcha boyliklarimizni hisoblasangiz - tabiiy boyliklar, yosh, aqlli va mehnatga ishtiyoqli ishchi kuchi, barqaror hukumat - biz Markaziy Osiyodagi eng jozibali investitsiya maqsadi bo'la olmasligimiz uchun hech qanday sabab yo'q. Biz atrofimizdagi boshqa mamlakatlarni ortda qoldirishimiz uchun texnologiyadan foydalanishimiz kerak”, - deydi u.

“Avesta Investment Group” ijrochi direktori Karen Srapionov uchun kapitalning qimmatligi sababli mamlakatda o'sish ushlanib qolmoqda.

“Agar kapital qiymati 23 foiz atrofida bo'lsa, banklar har yili uch barobar o'sishi mumkin edi", deydi u. “Shuningdek, biz qanday qilib ba`zi mahalliy kompaniyalarning yuqori darajali menejerlarini IPO va SPO orqali nazoratdan voz kechishi haqida ham o'ylab ko'rishimiz kerak.”

O'zbekiston jahon siyosati qizg’in bir paytda ulkan dasturni amalga oshirmoqda. Agar xolisona baho berilsa “ushbu dasturning shamoli kuchayib borishi aniq”.

Birinchidan, butun O'zbekistonda kengaytirilgan imkoniyatlar hamda qo'shni mamlakatlar bilan tinch va farovon aloqalarni ta'minlashga intilayotgan barqaror hukumat mavjud.

Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili sifatida ta'lim olish imkoniyatlaridan foydalanishga moyillikning mavjudligidir.

Uchinchidan, taraqqiyotni qo`llab-quvvatlovchi yirik tashkilotlar, jumladan “Osiyo taraqqiyot banki”, “Jahon banki”, “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki” hamda “Islom taraqqiyot banki” bilan yaqin hamkorlik aloqalari kelajakdagi muammolarda yordam berishi kerak.

O'zbekiston nafaqat amalga oshirilayotgan ishlar uchun, balki ularning nima uchun amalga oshirilayotgani uchun ham maqtovga loyiqdir. Hammamizga ma’lum aholi jonboshiga YaIM yuqori bo'lgan mamlakatlar kapital bozorlarida ko'proq ishtirok etishni rag'batlantirganlari barqaror kelajak uchun yaxshi qabul qilingan va o’z tasdig’ini topgan.

 

"Uzbekistan making progress on the UN Sustainable Development Goals"
"O'zbekiston BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi bo'yicha muvaffaqiyatlarga erishmoqda" batafsil  

Mamlakatning yanada barqaror va teng huquqli jamiyat barpo etishga intilishi iqtisodiy islohotlarning ulkan dasturi bilan hamnafaslikda natijalarni olib keladi.

Jon Anderson

O'z iqtisodiyotini liberallashtirishga bo'lgan harakat O'zbekistonda olib borilayotgan yagona muhim tashabbus emas. Bir xil miqdordagi energiya va resurslarning sarflanishi barcha O'zbekistonliklarning hayot sifatini yaxshilash uchun yo'naltirilgan.

Ayniqsa, millat uchun dolzarb bo'lgan soha – atrof-muhitni muhofaza qilishdir. Masalan, 1960-yillarda Sobiq Ittifoq davrida Orol dengiziga quyiluvchi suvning katta zaxiralari sug'orish manbai sifatida atrofdagi qurg'oqchil tekisliklarda paxta yetishtirish uchun ishlatilgan. Sobiq Ittifoqning tabiatni o'z maqsadlari uchun bo'ysundira olishiga bo'lgan ishonishi oxir-oqibat dengizning qurib ketishiga olib keldi.

O'tgan yili Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasida so'zlagan nutqida iqlim o'zgarishini davrimizning dolzarb muammosi ekanligini ta'kidlagan edi. "Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy oqibatlarini sezmoqda. Afsuski, bunday salbiy rivojlanishlar Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishiga ham katta xavf tug'diradi".

U shunday deb qo'shimcha qildi: "Orol dengizi hududi ekologik fojia markaziga aylandi. Mavjud vaziyatni yumshatish uchun biz ikki million gektar yangi maydon va o'rmonlarni barpo etish, tuproq qatlamini shakllantirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirmoqdamiz".

O'zbekiston Prezidenti, shuningdek mintaqadagi eng dolzarb muammolardan biri bo'lgan Markaziy Osiyoda transchegaraviy daryolar oqimi va biologik xilma-xillikning kamayishidan tashvishda ekanligini bildirdi.  O'zbekistonda yashil texnologiyalarni keng joriy etish va yashil energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish yaqin o'n yil ichida qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 3 barobardan ziyod oshirish imkonini berishi kerakligini qayd etildi.

Mazkur missiyani qo’llab-quvaatlash uchun May oyida hukumat qayta tiklanadigan va vodorod energiyasini rivojlantirishni rag'batlantirish strategiyasini yaratish bo'yicha prezident qarorini tasdiqladi.

Qayta tiklanuvchi energiya shakllanishi

Mamlakat ekologik muammolarni bir necha yo'nalishda hal etish bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Misol uchun, 2030-yilga qadar energiyaning 25 foizini qayta tiklanadigan manbalardan olish maqsad qilingan. Buning uchun shamol va quyosh energiyasiga bo'lgan investitsiyalarni rag'batlantirish ko'zda tutilgan.

Hukumat xalqaro rivojlanish institutlari yordamida muqobil energiya ishlab chiqarish bo'yicha katta rejasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga kirishdi. Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) uch bosqichda 1 000 MVt quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo'yicha “Scaling Solar” dasturini amalga oshirishni boshladi. XMK dasturi mohiyatan “yagona darcha” hukumatlarga raqobatbardosh tariflarda tarmoqqa ulangan quyosh energiyasi loyihalarini xususiy ravishda moliyalashtirish tashabbusidir.

Shu kabi dastur Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan amalga oshiriladi va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki hukumatga davlat-xususiy sheriklik asosida quvvati 1 000 MVt bo'lgan shamol energetikasi loyihalarini ta'minlashda yordam berishga kelishib olindi.

Shuningdek, Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan 500-1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish, BAAning Masdar kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini va Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish bo'yicha TOTAL Eren kompaniyasi bilan shartnomalar imzolandi.

Mazkur misollar muqobil energiya manbalarini ishlab chiqarishga bo’lgan asosiy e’tiborini bildiradi. Shu bilan birga, tabiiy aktivlar, jumladan suvdan barqaror ravishda foydalanish ham dolzarb ahamiyatga ega. Sug'orish tizimlari juda eskirgan va yemirilmoqda. Buni bartaraf etish uchun mamlakat Osiyo taraqqiyot banki va Jahon banki bilan birgalikda zamonaviy tizimlarni o'rnatish ustida ish olib bormoqda. Mamlakatning eng yirik eksport mahsulotlaridan biri bo'lgan bug'doy hosilini qo'llab-quvvatlaydigan yer osti suvlarining sifati va miqdorini himoya qilish, shuningdek mamlakat gaz quvuridagi qochqinlarni minimallashtirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Barqaror rivojlanishni moliyalashtirish bo’yicha rejalar

Butun iqtisodiyotda barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan bunday maqsadli yondashuvni qo'llash tahsinga sazovor. Biroq, O'zbekiston hukumati uchun muammoning bir qismi uning sa'y-harakatlarini moliyalashtirishdan iborat bo'lmoqda.

BMTTDning "Taraqqiyotni moliyalashtirishni baholash" hisobotida ta'kidlanishicha, O'zbekistonga barqaror rivojlanish sohasidagi turli maqsadlarga erishish uchun 2030-yilga qadar har yili 6 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiya talab etiladi.

Dinamik kapital bozorini yaratish hukumatga turli xil barqaror rivojlanish tashabbuslari uchun tegishli budjetni qo'llab-quvvatlashga yordam beradi. 2018-yilda 16 ta milliy Barqaror rivojlanish maqsadlari qabul qilinib, ularning  ko'rsatkichlari O'zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga sodiqligini namoyon etmoqda.

Kapital bozorlarini moliyalashtirish, albatta, ushbu tashabbuslarning bir qismini – O'zbekiston allaqachon muvaffaqiyatga erishgan moliyalashtirish manbasini qoplashga yordam beradi. O'tgan yil oxirida mamlakat so'mda denominatsiya qilingan xalqaro obligatsiyalar chiqardi, ularni taraqqiyotga ta’siri “yuqori” sifatida e’tirof etildi. Shuni ta'kidlash kerakki, hukumat o'z veb-saytida yillik hisobot chop etishi orqali taraqqiyotga ta’siri natijalari haqida xabar berishini ma’lum qildi.

Xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablag'lar 16 ta milliy Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog'liq loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltirilishi rajalashtirilgan. Ushbu loyihalarning ba'zilari maktablar va tibbiyot muassasalari, ichimlik suvi va kanalizatsiya quvurlari, shuningdek yo'llarni qurish va rekonstruksiya qilishni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari qiyin ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar va oilalarga moliyaviy yordam ko'rsatishga qaratilgan loyihalar ham moliyalashtirilishi ko’zda tutilgan.

Haqiqatdan ham, O'zbekiston ushbu muammolarni, shuningdek, kambag‘allikni va u bilan bog'liq bo'lgan ko'plab tibbiy va ijtimoiy muammolarni hal etishga  katta e’tibor qaratadi.

Darhaqiqat, fuqarolarning hukumat himoyasidan to‘laqonli foydalanishini ta'minlash uchun, yordamga muhtoj odamlarni aniqlash uchun UNICEF bilan hamkorlikda Ijtimoiy himoya yagona reyestri ishlab chiqildi. Pandemiya davomida ijtimoiy yordam olayotgan shaxslar soni ikki baravar ko'payib, 600 mingdan 1,2 millionga yetdi.

 

Ta’lim va sog’liqni saqlaashga berilayotgan ahamiyat

Ta'lim kambag‘allikni bartaraf etish yo‘li bo‘lib xizmat qiladi, bu esa O'zbekistonning ta'limni yaxshilashga katta e'tibor qaratishi va investitsiyalar bilan ta'minlanishining sababidir. Shuning uchun, hukumat tomonidan ta'limga respublika budjetining 20 foizi ajratildi.

Ta'lim tizimiga bo'lgan yuqori darajadagi yondashuvni namoyon etuvchi bir qator misollarni, masalan, mamlakat o'tgan yili o'qituvchilarning ish haqini ikki baravarga oshirilganligini – bu butun dunyo o'qituvchilari havas qilishiga sabab bo'lib, shuningdek respublika bo'ylab maktablarning texnik bazasi takomillashtirilib, yuqori tezlikdagi optik tolali kabellar bilan jihozlanayotganligini fikrimizning yaqqol dalili sifatida keltirishimiz mumkin.

Ta'lim bilan birgalikda sog'liqni saqlash sohasida ham katta yutuqlarga erishildi. Hukumat sog'liqni saqlashning samarali dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha xalqaro hamkorlar bilan yaqindan ish olib bormoqda, ularning aksariyati aholi salomatligini ta’minlashga qaratilgan bo'lib, bunda surunkali kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash va uzoq muddatli davolashda oilaviy shifokorlar va hamshiralar guruhi muhim rol o'ynaydi.

Ushbu yondashuv o'z samaradorligini namoyon etmoqda. Xususan, hukumat umumiy sog'liqni saqlash qamrovi orqali butun aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli va ulkan islohotlar dasturini amalga oshirishga kirishmoqda.

Hali ham ko'p maqsadlarga erishish kerak bo'lsa-da, O'zbekiston BMTning barcha Barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha sezilarli yutuqlarga erishmoqda, bu esa qisman milliy Harakatlar strategiyasi doirasidagi keng ko'lamli islohotlarga to'g'ri keladigan maqsadlarni amalga oshirish bilan bog'liq.

Ushbu strategiya va uning beshta ustuvor yo'nalishi, BRMlariga erishish yo'lidagi muhim mexanizm sifatida tasdiqlangan. Barqaror rivojlanish maqsadlarini milliy va mintaqaviy rivojlanish strategiyalari va dasturlariga, shu jumladan 2030-yilgacha bo'lgan O'zbekiston Respublikasini har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi bilan integratsiya qilish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, hukumat islohotlar natijalarini 24 ta xalqaro reytinglar, jumladan BRM global indeksini kuzatib borish orqali baholamoqda, hozirda O'zbekiston ushbu reytingda 77-o'rinni egallab turibdi.

Pirovardida, mamlakatning uzoq muddatli istiqboli – bu 2030-yilga kelib yuqori o'rta daromadli mamlakatga aylanishi hamda kambag'allik va tengsizlikni kamaytirishdir.

 

Islohotlar barqaror rivojlanish bilan chambarchas bog’liq

Bu maqsadlarga erishish uchun O'zbekistonda bozor iqtisodiyotini mustahkamlash bo'yicha, shuningdek valyuta va soliq islohotlari hamda qishloq xo'jaligida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik va rasmiy bandlikni rag'batlantirish, shu jumladan yoshlar va ayollar o'rtasida, shuningdek sarmoyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni rivojlantirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Biroq, qator qiyinchiliklar ham mavjud. Bularga yoshlar va xotin-qizlarni barqaror ish bilan ta'minlash, shuningdek ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish kabilar kiradi.

Sog'liqni saqlash tizimida moliyalashtirish va sug'urta tizimini takomillashtirish, xususiy sarmoyalarni rag'batlantirish, tibbiyot xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishni takomillashtirish, shuningdek tibbiyot fanini rivojlantirish va elektron sog'liqni saqlashni keng joriy etish orqali xizmatlarning sifati va qulayligini yaxshilash bo'yicha choralar ko'rilmoqda.

Ta'limning ba'zi muhim ustuvor yo'nalishlari qatoriga barcha darajadagi ta'lim sifatini yaxshilash, shuningdek davlat va xususiy investitsiyalarni rag'batlantirish kiradi.

O'zbekistondagi islohotlar yagona bir tamoyilga asoslangan: "Inson manfaatlari barcha narsadan ustundir", bu esa 2030-yilgacha kun tartibining "Hech kimni ortda qoldirmaslik" asosiy prinsipi bilan chambarchas bog'liq.

Barqaror rivojlanish maqsadlari qabul qilingan vaqtdan boshlab O'zbekiston inson huquqlari himoyasini yaxshilash va qonun ustuvorligini mustahkamlashda muhim yutuqlarga erishdi. Bundan tashqari, ma'muriy islohotlar davom etmoqda, elektron hukumat takomillashtirilmoqda, ommaviy axborot vositalari va bloggerlarning mustaqilligini ta'minlash, shuningdek fuqarolik jamiyatining rolini oshirish uchun islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatda ayollar rolini mustahkamlash va huquqlarini himoya qilish uchun alohida e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda gender tengligi va ayollarni zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi qonunlar qabul qilindi, parlamentdagi ayollarning ulushi ikki barobarga oshdi, shuningdek, ayollar davlat va mahalliy hokimiyatning barcha darajalarida rahbarlik lavozimlariga ko'tarildi.

O'zbekistonda ochiqlik, hamkorlik va tinchlikka qaratilgan tashqi siyosat olib borilmoqda. So'nggi yillarda mamlakat chegaralari ochildi, transchegaraviy resurslardan oqilona foydalanish va savdo sohasida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik mustahkamlandi. BMT agentliklari va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda.

O'zbekiston atrof-muhitni muhofazasi sohasida Orol dengizi mintaqasiga alohida e'tibor qaratgan holda iqlim o'zgarishini (jumladan, Parij bitimi doirasida) yumshatish va moslatirishga, suv, yer va energetika resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek biologik xilma-xillikni saqlashga ustuvor ahamiyat qaratadi.

O'zbekiston o'z moliyaviy tizimini, sog'liqni saqlash, ekologiya va ta'lim tizimlarini isloh qilish bo'yicha ulkan rejani amalga oshirishga kirishdi.

Bu har qanday mamlakat uchun qiyin vazifa bo'lishi mumkin, ammo O'zbekiston ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan barcha resurslarga ega.