«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» respublika tanlovi eʼlon qilindi

16/06/2021 - 16:02 526

«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» respublika tanlovi eʼlon qilindi

Tanlov uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi.

  • Birinchi yo‘nalishida — «Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud» mahalliy ijro etuvchi tuman va shahar hokimliklari ishtirok etadi.
  • Ikkinchi yo‘nalishda — «Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim» vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari orasidan aniqlanadi.
  • Uchinchi yo‘nalishida — «O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha» ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.

Tanlov joriy yilning 10-iyunidan 10-sentabriga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

Batafsil ma'lumotlarni www.til.gov.uz sayti orqali olishingiz mumkin.