"Volkswagen Group Rossiya" vakillari bilan uchrashuv

11/06/2021 - 11:55 807

        Joriy yilning 10 iyun kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirlgida Bosh vazir o'rinbosari-Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorovning "Volkswagen Group Rossiya" Bosh direktori Shtefan Mexa boshchiligidagi "Volkswagen Group Rossiya" vakillari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda “Volkswagen Group Russia” Moliyaviy direktori Patrik Andreas Mayer, Davlat idoralari bilan ishlash bo'yicha department direktori Artem Kursakov, Moliya vazirining birinchi o’rinbosari Omonullo Nasritdinxodjayev, “O’zavtosanoat”AJ boshqaruv raisining iqtisodiyot bo'yicha o'rinbosari Azizbek Shukurov, “Volkswagen O'zbekiston” avtomobil zavodi bosh direktori Oybek Ayubov hamda boshqa mas'ullar ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi avtomobil bozori yuzasidan fikr almashib, avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishidagi jahon tendentsiyalari va elektr transport vositalari bozorini muhokama qildilar.

Tadbir yakunida tomonlar tegishli hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati