Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan mandat xati imzolandi

09/06/2021 - 20:43 771

Joriy yilning 9-iyun kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligida Moliya vazirligi, O'zsanoatqurilishbank va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o'rtasida mandat xati imzolandi.

Mandat xatida YTTBning "O'zsanoatqurilishbank"ni xususiylashtirishdan oldingi transformatsiyasida 50 mln. dollar miqdorida kredit liniyasi berish orqali ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

Transformatsiya doirasida taqdim etilgan kredit bankning ustav kapitaliga konvertatsiya qilinadi, natijada YTTB O'zsanoatqurilishbank aksiyadoriga aylanadi.

Uchrashuvda Bosh vazir o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Moliya vazirining birinchi o'rinbosari Omonullo Nasritdinxodjayev, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri o'rinbosari Bobur Abdinazarov, Moliya vaziri o'rinbosari Odilbek Isakov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov, "O'zsanoatqurilishbank" Boshqaruvi raisi o'rinbosari Zafar Azimov ishtirok etishdi.

Birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink boshchiligidagi YTTB delegatsiyasi - Markaziy Osiyo bo'yicha yangi boshqaruvchi direktor Jujanna Xargitay, O'zbekistondagi vakolatxona rahbari Alkis Drakinos, Moliya tashkilotlari sektoridagi boshqaruvchi direktor Fransis Malij va bankning boshqa vakillaridan tarkib topdi.

Uchrashuv davomida korxonalarni, shuningdek banklar davlat ishtirokidagi transformatsiya va xususiylashtirish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi to'g'risida ma'lumot berildi. Tomonlar ushbu jarayonlarda YTTB tomonidan ko'rsatilayotgan roli va yordamini muhokama qildilar.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida bozor kapitalini yanada takomillashtirish hamda YTTBning texnik ko'magida amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalar muhokama qilindi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati