O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori tayinlandi

21/05/2021 - 10:49 3092

Аbidxadjaev Umid Qutpitdinovich O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimiga tayinlandi

  Umid Аbidxadjaev 1987-yilda Namangan viloyatining Namangan shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy.

2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universitetini, 2014-yilda Yaponiyaning Keio universitetining magistratura bosqichini hamda 2017-yilda Yaponiyaning Keio universitetining doktorantura bosqichini iqtisodiyot yo‘nalishi boyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2009-yilda Ozbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining Tashqi aloqalar va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi lavozimida boshlagan.

2014–2016-yillarda Yaponiyada Osiyo Taraqqiyot Banki Institutining Infrastruktura investitsiyalari boyicha ilmiy xodim; 2017–2018-yillarda Osiyo taraqqiyot bankining Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi infratuzilma investitsiyalarini baholash instituti loyihasi bo‘yicha maslahatchisi; 2018–2019-yillarda Yaponiyadagi Keio universitetida iqtisodiyot boyicha ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan.

2019-yilda Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Infratuzilma loyihalarini tahlil qilish guruhi rahbari vazifasini vaqtincha bajarib, tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati