Jamoa o'zaro munosabatlarida muomala psixologiyasini o'rganish va nizolarni hal etish

10/03/2021 - 18:46 1228

2021 yil 10 mart kuni, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi binosida, xodimlar va magistratura tinglovchilari uchun “Jamoada o'zaro munosabatlar va nizolarni bartaraf etish” mavzusida maxsus mahorat-darsi (master-klass) bo’lib o’tdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirni, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining loyiha rahbari, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent – Akramova Feruza Akmalovna olib bordi.

Mahorat-darsining maqsadi - jamoa o'zaro munosabatlarida muomala psixologiyasini o'rganish va nizolarni hal etishning samarali usullariga oid psixologik ko'nikmalarini yangilash.

Ma’ruzachi o'z taqdimotida jamoada o'zaro munosabatlar, muloqot psixologiyasi, nizoli vaziyatlar va uni yumshatish imkoniyatlari, nizolarni hal etishning samarali usullari, muomalaning ta'sir vositalari, reprezentativ tizimlar, “munosabatlar oynasi” usuli, muomala maromini belgilovchi omillar va boshqa ko’plab masalalar haqida so'zlab berdi.

Tadbirning jonli va interaktiv formati, ishtirokchilarga o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkonini berdi va qiziq bo’lgan ko'plab yangi ma'lumotlarni bilib olishdi.