Navoiyni anglash

05/02/2021 - 15:04 2596

Navoiyni anglash

BEBAHO G‘AZAL

    Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy (taxallusi; asl ismi Nizomiddin Mir Alisher) 1441 yil 9 fevralda Hirotda G‘iyosiddin Bahodir oilasida dunyoga kelgan.
     Alisher Navoiyning bolaligi temuriyzodalarning so‘nggi yillariga to‘g‘ri kelgan, xususan bo‘lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan.
    Alisher Navoiy yoshligidan she’riyatga g‘oyat qiziqdi, Sharq adabiyotini qunt bilan o‘rgandi. Oila muhiti bolaligidayoq unda adabiyotga zo‘r havas tug‘dirgan edi. Tog‘alari Mirsaid - Qobuliy, Muhammad Ali - G‘aribiy yetuk shoir edilar. Alisher Navoiylar uyida shoirlar tez-tez to‘planishib, mushoira qilishar, adabiyot va san’at haqida suhbatlashar edilar.
     Alisher Navoiy 10-12 yoshlaridan she’r yoza boshlagan. Yosh Alisherning iste’dodidan mamnun bo‘lgan mavlono Lutfiy “Orazin yopqach ko‘zimdin” matla’li g‘azalini tinglab: “Agar muyassar bo‘lsa edi, o‘zimning o‘n-o‘n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g‘azalga almashtirardim…” degan ekanlar. Mana o‘sha mashhur g‘azal matni

“Orazin yopqach ko‘zimdin”
Orazin yopqach ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
O‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh.
Qut bir bodomu yerim go‘shan mehrob edi,
G‘orati din etti nogah bir baloliq ko‘zu qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andog‘ki aylar mehr fosh.
Bo‘saye qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam og‘zi ichra aytur la’l ham bor nav’ tosh.
Novaking ko‘nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko‘nglum bila jonim talosh.
Umri jovid istasang fard o‘lki, bo‘ston Xizridur,
Sarvkim da’b ayladi ozodaliq birla maosh.
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo‘ygusidir barcha bosh.

Dilnoza IBODOVA,
To‘qimchilik, farmatsevtika va
boshqa sanoatlarni rivojlantirish
boshqarmasi Bosh mutaxassisi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International