Elektron kooperatsiya portali tadbirkorlar nigohida

25/01/2021 - 12:54 3265

Pandemiya davrida ishlab chiqaruvchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarda Portalning o‘rni

"Portal bizga mijozlar bazasida barqarorlikni va uning ehtiyojlarini ta'minladi, bu bizning uzoq muddatli faoliyatimizni yanada samarali rejalashtirish va tashkil etish imkonini bilan, xarajatlarni kamaytirishga va kompaniya faoliyatini kengaytirish uchun mablag'larni yo'naltirishga sharoit yaratib , natijada 25 ta yangi ish o'rinlarini yaratishga erishdik", deydi "Aziatskiy Mashinostroitelniy Zavod" MChJ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori, Xabibulla Talibjanov. Shuningdek, Talibjanov O‘zbekistonda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlariga ishonishi va Portal elektron savdolarda zamonaviy savdo mexanizmlarini joriy qilish uchun juda samarali vosita deb hisoblashi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Umumiy qilib olganda endigilikda korxona bozor talabini aniqlash va shunga mos ravishda yangi mahsulotlarni moslashtirish va o‘zlashtirish osonlashganish ikoniyatidan faol foydalanmoqda.

Shartnomalarni imzolashda shaffoflik va yangi mijozlarni qidirish haqida

Yangi mijozlarni topish va shartnomalarni imzolashdagi shaffoflik - bu boshidanoq portal bilan ishlayotgan mahalliy mebel ishlab chiqaruvchi "Zabardast Mebel" MChJ uchun muhim omil bo‘lib qoldi. Tashkilotning bosh xisobchisi Alfiya Yuldasheva yangi mijozlarni topish, ko‘p vaqt talab qiladigan sovuq qo'ng'iroqlar va tijorat takliflarini topish qiyinchiliklarini yodga oldi. Bugungi kunda, korxona Portalda namoyish etilgandan so‘ng, mijozlar o‘zlari korxonadan xizmatlarni qidirib topishalari sezilarli darajada mustahkamlashdi. Bundan tashqari, shartnomani imzolash jarayonida Portal tomonidan qo'llab-quvvatlanishi operatsiyani ancha soddalashtiradi va vaqtni tejaydi. Tashkilotning bosh xisobchisining ta'kidlashicha, portal bilan ishlash tufayli pandemiya davrida korxona samaradorligiga salbiy ta'sir yetmagan.

Hozirda,Yuldasheva ishlab chiqarish hajmining 90 foizga oshganini va kelajak uchun katta istiqbollarni ko'rishi, buning natijasida "Zabardast Mebel"ni kengaytirish imkoniyatlarini faol ko‘rib chiqayotganligi haqidagi jamoa rejalari bilan o'rtoqlashdi.

Har qanday elektron savdo maydonchasining samaradorligi mijozlarining muvaffaqiyatida namoyon bo‘ladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzurida tashkil etilgan Elektron kooperatsiya portali (cooperation.uz )faoliyati va unda ishtirok etuvchi mahalliy sanoat korxonalarning erishayotgan yutuqlari yorqin misol bo‘lib xizmat qiladi.

Erkin savdo maydoni hisoblangan Portalning (cooperation.uz ) maqsadi mahalliy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini rivojlantirish va ularni sanoat faoliyatiga jalb qilishdan iborat. Buyurtmachilar mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlardan tortib turli xil xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlargacha bo‘lgan mahsulotlarni хarid qilish imkoniga egadirlar. Bu esa o‘z navbatida har bir ishlab chiqaruvchining asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan ishonchli ta'minot zanjirini tez va ortiqcha ovoragarchiliklarisiz yaratishga imkon beradi.

Ishonchli xaridorlarni va yetkazib beruvchilarni topish, shartnomalar tuzish va sotib olish odatda juda uzoq va murakkab jarayonda ko‘mak berish korxonalarga o‘z resurslarini boshqa tashkiliy jarayonlarga yo‘naltirish va jadal sur'atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratishini, yuqoridagi korxonalar erishgan yutuqlar misollaridan ham ko‘rish mumkin.

Elektron kooperatsiya portali koronavirus pandemiyasi sababli o‘rnatilgan karantin cheklovlari davrida mahalliy korxonalarning mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun chin ma’noda erkin savdo maydoni vazifasini o‘tadi, mahalliy korxonalarning doimiy faoliyatni va hatto samaradorligini oshirishda hizmat qila oldi. Buning tasdig‘i sifatida, Portalda mahsulot aylanmasi, 2020 yil sentyabrda 345 mlrd. so‘mni tashkil etgani e’tiborga loyiq.

Elektron kooperatsiya portali bozorni tahlil qilish uchun qimmatli ma'lumotlar ochiq manbaasi

Mahalliy korxonalar tajribasidan kelib chiqib shuni ta'kidlash joizki, ular Portaldan nafaqat ta'minot zanjirini shakllantirish vositasi, balki foydali iqtisodiy ma'lumot manbai sifatida ham foydalanadilar. Portalning cooperation.uz rasmiy vebsayti orqali mahsulotlarga bo‘lgan talablarni o‘rganish, respublika hududida ma'lum bir sohani rivojlantirish zarurligi, shuningdek ishlab chiqarishga tavsiya etilgan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga bo‘lgan talab bo‘yicha tadqiqotlar natijalari to‘g'risida qimmatli ma'lumotlar mavjud. Ushbu ma'lumotlar O‘zbekistondagi bozor bo‘shliqlarini to‘ldirishda samarali xizmat qiladi, bu mavjud korxonalarning mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish uchun, shuningdek, yangi sanoat startaplarini ishga tushirish uchun turtki beradi, bu esa oxir-oqibat kichik biznes sektori va umuman iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi.

 Qisqa muddat ichida Elektron kooperatsiya portali bugungi kunda barcha mahalliy korxonalarning ishonchini qozonishga ulgurdi. Portal orqali har kuni o‘rtacha umumiy qiymat 7 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan 120 ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolanadi.

Yukoridagi muvaffaqiyatli natijalar platformaning mahalliy ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, mahalliy ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, kichik biznesni sanoat faoliyatiga jalb qilish va O‘zbekiston iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirish yo'lidgi ulkan salohiyatidan dalolat beradi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati