«Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor» shiori ostida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha maʼlumot

19/01/2021 - 17:18 2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev, 2020-yil 25-dekabr kuni "O‘zbekiston yoshlar forumi" da taʼkidlab o‘tganlaridek, yoshlarda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malakalarni shakllantirish, shu orqali ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va bandligini taʼminlash mamlakatda yoshlar siyosatining asosi hisoblanadi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi masʼul hodimlari Akmal Vaxobov va Farrux Toshpo‘latovlar aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish va Savdo-sanoat palatasi ishtirokida yosh tadbirkorlarning iqtisodiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni va hududlardagi ishchi guruh faoliyati bilan tanishish maqsadida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga yuborildi.

Shuningdek, tuman va shaharlardagi yoshlar bilan «Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor» tashabbusi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida hududiy ishchi guruh rahbarlariga yoshlarning iqtisodiy savodxonligini oshirish maqsadida, tijorat banklari va soliq organlari mutaxassislari hamda hududdagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlarni jalb qilgan holda master klasslar tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. 

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar davomida, hozirgi paytda mamlakatmiz Prezidenti tashabbusi doirasida tashkil yetilgan tadbirkorlikka o‘qitish kurslarida yosh tinglovchilarni faol jalb yetish va ularga kelgusi sertifikat taqdim etish amaliy mexanizmlari ishga tushirilgani aniqlandi. Shu yo‘sinda, Samarqand viloyatining Samarqand shahrida 36 nafar, Ishtixon tumanida 32 nafar, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 20 nafar va G‘uzor tumanidagi 34 nafar tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirgan va tegishli tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish istagidagi ishsiz yoshlar o‘quv kurslariga jalb etildi.

G‘uzor tumani “Pachkamar” MFYda istiqomat qiluvchi Qurbonov Adham Baxtiyor o‘g‘li idish yuvish Geli ishlab chiqarish boʼyicha oʼz biznes loyihasini amalga oshirish maqsadida yuqoridagi dastur doirasida o‘quv kurslarida ishtirok etmoqda. Fuqaro o‘z biznes loyihasini amalga oshirish orqali "Pachkamar" MFYda kamida 15 kishini doimiy ish va daromad bilan taʼminlashi mumkinligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Ishtixon tumani “Beshkapa” MFYda yashochi Sulaymonova Xayriniso turli xil trikotaj buyumlarini buyurtma asosida tikish bo‘yicha o‘z tikuvchilik sexi faoliyatini yoʼlga qoʼyish maqsadida tadbirkorlikka o‘qitish kurslarida ishtirok etmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirish orqali u o‘z mahallasidagi 5-7 nafar xotin-qizlarni doimiy ish o‘rni va daromad bilan taʼminlash imkoniyatiga ega ekanligini maʼlum qildi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati