KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

31/12/2020 - 16:42 4654

     Yaqinda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ma’naviy hayotida yana bir muhim voqea yuz berdi.


     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish Departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bilan hamkorlikda tayyorlangan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” hamda “Davlat tilida ish yuritish” (amaliy qo‘llanma) kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
     Taqdimot ishtirokchilari mamlakatimizda ona tilimizga davlatimiz rahabari darajasida e’tibor qaratilayotgan hozirgi davrda ushbu kitoblarning tizimdagi barcha tashkilot va muassasalar faoliyatida naqadar ahamiyatli ekanligini e’tirof etishdi.
     Tadbir so‘nggida mazkur kitoblar vazirlik xodimlariga tarqatildi.

 

 

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International