Mahalliylashtirish loyihalari pasportlarini taqdim etish hamda ularni ko'rib chiqish bo'yicha so'rovnomalar

30/12/2016 - 13:10 16787

Iqtisodiyot vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1236-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-sonli qarorlariga muvofiq tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan Mahalliylashtirish loyihalari pasportlarini ko‘rib chiqish xizmati ko‘rsatiladi.

Mazkur xizmat uchun “Mahalliylashtirish dasturiga kirgan loyihalar pasportlari ekspertizasi avtomatlashtirilgan tizimi” joriy etilgan.

Tizimni joriy etishdan maqsad, tadbirkorlik subyektlari tomonidan mahalliylashtirish dasturiga loyihalarni kiritish jarayonining shaffofligini oshirish, tegishli hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish jarayonlarini soddalashtirish, tezlashtirish va qulayliklar yaratilishi masalalarini ta'minlashga qaratilgan. Jumladan, tizim orqali 2015 yilda 269 ta loyiha pasportlari taqdim etilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2016 yil davomida 569 tani tashkil etgan.

Hurmatli ishtirokchilar, loyihalar pasportlarini mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun taqdim etish hamda Mahalliylashtirish dasturiga kirgan loyihalar pasportlari ekspertizasi avtomatlashtirilgan tizimi bo'yicha fikrlaringiz biz uchun muhim hisoblanadi.