A
x up auto down
Обращение
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

Kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Hay'at yig‘ilishida 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va Vazirlar Mahkamasining shu yil 15-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini so‘zsiz amalga oshirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot bosh boshqarmalari, tuman va shaharlar iqtisodiyot bo‘limlari oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Davomi » Nashr etilgan: Du, 02/01/2016 - 11:38

Ulug‘ niyat ulkan marralar sari yetaklaydi

Yoki jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida yalpi ichki mahsulot hajmi o‘sishining asosiy omillari haqida

Davlatimiz rahbarining mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida o‘tgan yili yalpi ichki mahsulot 8 foizga o‘sgani ta’kidlandi. 2030 yilgacha esa mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobarga oshirish haqidagi fikr o‘rtaga tashlandi...

Ma’lumki, yalpi ichki mahsulot (YaIM) deganda, muayyan davr (chorak, yil) davomida muayyan mamlakatda jami ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatining yig‘indisi tushuniladi.

Davomi » Nashr etilgan: Shan, 01/30/2016 - 15:52

Ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

2016-yil 29-yanvar kuni Iqtisodiyot vazirligida «Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta'minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot bosh boshqarmalari, tuman va shahar iqtisodiyot bo‘limlarining vazifalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 01/29/2016 - 16:30

2015-yilda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni amalga oshirishda real sektor korxonalarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini mustahkamlash, xizmatlarning zamonaviy turlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi 2015-yilda yalpi ichki mahsulotni 8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 6,8 foizga va qurilish-pudrat ishlari hajmini 17,8 foizga oshirishga ko‘maklashdi.

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 01/27/2016 - 19:51

2016 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari

Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarkibini tubdan o‘zgartirish va modernizatsiya qilish maqsadida, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2458-sonli qaroriga muvofiq joriy yilda o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi bir qancha investitsion loyihalarni amalga oshirish mo‘ljallangan.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 01/26/2016 - 19:09

"Biznes yuritish" tadqiqotida O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbatining Press-relizi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar 2015-yil yakunlariga ko‘ra mazkur sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 56,7 foizga yetkazishga ko‘mak berdi. Jami mehnat bilan band aholining 77,9 foizi ushbu soha hisobiga to‘g‘ri kelib, aholining jami daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadning ulushi 52 foizni tashkil etdi. Bu esa, mazkur ko‘rsatkichning MDH davlatlari orasida sezilarli darajada yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Davomi » Nashr etilgan: Du, 01/25/2016 - 14:56

Korxonani boshqarishda soliqlarni rejalashtirishning roli

Soliqlarni rejalashtirish korxona biznes-jarayonlarini rejalashtirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, moliyaviy menejmentning bir qismi hisoblanadi. Moliyaviy menejmentning ushbu qismi moliya sohasida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish, soliq to‘lovlarini kamaytirish hamda amaldagi soliq qonunchiligi doirasida korxonani barqaror rivojlantirish maqsadida xo‘jalik faoliyatini tartibga solishni o‘z ichiga oladi.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 01/13/2016 - 11:20

Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yiliga 3,0 ming tonna paxta tolasini qayta ishlaydigan “Kitob ip-yigiruv” korxonasi ish boshlamoqda. Korxonani ishga tushirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 1,2 million AQSH dollari miqdoridagi o‘z mablag‘i hisobidan hamda tijorat bankining 2,8 million AQSH dollari miqdoridagi kreditidan foydalanildi.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 01/13/2016 - 10:18

Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni liberallashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 12/29/2015 - 19:23

Pages