A
x up auto down
conv
conv
phone
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

O‘zbekiston-Rossiya: hamkorlikning yangi ufqlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 5-6 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar mamlakatimiz tashqi siyosatida alohida o‘rin tutadi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida 2004 yili Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, 2005 yilda hamkorlikni oliy bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 08/02/2008 - 05:47

Rishtonda “Rus-Uzbekteks” qo‘shma korxonasi ish boshladi

Farg’ona viloyatida xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq jalb etish va ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Rishton tumanida kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Rus-Uzbekteks” O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi ish boshladi. Qo’shma korxonaning loyiha qiymati 6,5 million AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu mablag’ hisobidan zamonaviy dastgohlar keltirib o’rnatildi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar asosan xorijga eksport qilinadi. Qo’shma korxonada 400 kishi mehnat qilmoqda. Manba: www.uza.uz
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 18/01/2008 - 04:30

“Faxriy unvonlar uchun to‘lovlar miqdorini oshirish to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va san’atini, iqtisodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirish, xalqimizning madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishga, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga katta hissa qo‘shib kelayotgan shaxslarni munosib rag‘batlantirish va qo‘shimcha ravishda moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 1.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 18/12/2007 - 04:29

Mamlakatimiz sanoatining yuksak salohiyati

“O‘zekspomarkaz“da O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi davom etmoqda. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasining navbatdagi ish kunida “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksionerlik kompaniyasi, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallari” aksionerlik kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va “Fayz” xolding kompaniyasi mahsulotlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 15/11/2007 - 04:25

O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi davom etmoqda

“O‘zekspomarkaz“da O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi davom etmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston sanoatchilari forumining ikkinchi kuni “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat aksionerlik jamiyati, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding” xolding kompaniyasi, “Fonon” hamda “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksionerlik jamiyatlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston dunyodagi samolyotsozlik sanoatiga ega sanoqli davlatlar sirasiga kiradi.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 14/11/2007 - 04:24

O‘zbekiston sanoatchilari forumi yakunlandi

Toshkentda 12-17 noyabr kunlari O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarning yana bir samarasi bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, valutani tejash, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko‘paytirish, mahalliylashtirish qamrovini kengaytirish, korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochdi.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 13/11/2007 - 04:28

O‘zbekiston Respublikasi sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi

Nashr etilgan: Sha, 10/11/2007 - 20:59
Davomi » Nashr etilgan: Shan, 10/11/2007 - 04:19

Hamkorlik samaralari

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ishonch, do‘stona munosabatlar hamda o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan iqtisodiy aloqalar o‘z samarasini bermoqda. Surxondaryo viloyatida SHHT mamlakatlari ishtirokida 15 ta qo‘shma korxona tashkil etilgan. Zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan ushbu korxonalarda raqobatbardosh qurilish materiallari, mebel jihozlari tayyorlanmoqda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qayta ishlanmoqda. Mazkur hamkorlik samarasini O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining viloyat hududiy boshqarmasi bilan Xitoyning Sinszyan Uyg‘ur avtonom tumani tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va hamkorlik departamenti o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik misolida ham ko‘rish mumkin.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 31/10/2007 - 04:15

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot

2007 yil 26 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda 2008 yil uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi, soliq va budjet siyosati konsepsiyasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasi muhokama qilindi. Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev olib bordi. Majlis muhokamasiga kiritilgan mamlakatimizning kelgusi yil uchun asosiy iqtisodiy hujjatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari, Moliya vaziri R.Azimov so‘zga chiqdi.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 28/09/2007 - 03:37

Pages