A
x up auto down
conv
conv
phone
Ovozli yordamchini ishga tushirish uchun matnni belgilang
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

Proektor va noutbuk sotib olish

Taqdimotlar o`tkazish uchun mo`ljallangan proektor, noutbuk hamda ekran sotib olish maqsadida O`zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining Davlat xaridlari bo`yicha elektron savdolar tizimida tegishli e'lon berilgan.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 18/11/2014 - 21:09

Kompyuter texnikalari sotib olish

Iqtisodiyot vazirligi tomonidan vazirlikning hududiy bo`linmalarida zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish maqsadida O`zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining Davlat xaridlari bo`yicha elektron savdolar tizimida kompyuter texnikalari sotib olish to`g`risida e'lon berilgan.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 18/11/2014 - 18:56

Respublikamizning iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy islohotlarning borishi va mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma'lumotnoma

Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, xalqimiz davlatchiligi tarixi, milliy qadriyatlar va jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan isloh qilish va rivojlantirish milliy modeliga ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning beshta asosiy tamoyili asos qilib olindi.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 14/11/2014 - 20:42

Farovonlik va rivojlanish indeksi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingida O‘zbekiston 57-pog‘onani band etdi

2014 yilning 3 noyabrida Buyuk Britaniyaning Legatum instituti (Legatum) tomonidan Farovonlik va rivojlanish indeksi (The Legatum Prosperity Index) e'lon qilindi. Mazkur indeks dunyoning 142 mamlakati, yer shari aholisining 96 foizi hamda jahon yalpi ichki mahsulotining 99 foizini qamrab oldi.

O‘zbekiston Respublikasi ushbu reytingda 2013 yilga nisbatan olti o‘ringa yuqorilab, dunyo mamlakatlari orasida 57-o‘rinni band etdi.

Davomi » Nashr etilgan: Du, 10/11/2014 - 17:39

Jahon banki “Biznesni yuritish 2015” xalqaro ma'ruzasida O‘zbekiston Respublikasining reytingini oshirdi

Jahon banki guruhi ekspertlari biznesni yuritish osonligi darajasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining reytingini navbatdagi bor oshirdi.

2014 yil 29 oktyabrda e'lon qilingan “Biznesni yuritish 2015: Samaradorlik doirasidan chiqib” (Doing Business 2015: Going Beyond Efficiency) ma'ruzasida O‘zbekiston 8 o‘rin yuqorilab, dunyoning 189 mamlakati ichida 141-o‘rinni band etdi.

Davomi » Nashr etilgan: Du, 10/11/2014 - 17:35

Sanoatimiz yutuqlari namoyishi bo‘lgan tadbir nihoyasiga yetdi

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 24 fevraldagi “2014 yilda xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 38-sonli qaroriga asosan, shu yilning 28 oktyabr - 2 noyabr kunlari «O‘zekpomarkazi»ning ochiq maydon va ko‘rgazma zallarida VIII xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda, avval ta'kidlanganidek, 50 dan ortiq  mamlakatlardan, 1200 dan ortiq xorijiy firma va kompaniya vakillari ishtirok etishdi. Namoyish maydonlarida 20 mingdan ortiq eksponatlar joylashtirilib, ular orasida 2014-2016 yillarda tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturi asosida  o‘zlashtirilgan 1270 ta yangi mahsulot turlari joy egalladi. Shuningdek, bu yerda 1705 ta respublikamizning korxona, kompaniya va tashkilotlari, shulardan 1372 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ham o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 07/11/2014 - 10:44

Erkin iqtisodiy zonalar faoliyati haqida

Sanoat ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, modernizatsiyalash maqsadida investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etilishining o‘sishiga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri, bu so‘nggi yillarda yurtimizda erkin iqtisodiy zonalar - “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» va «Jizzax» maxsus industrial zonalarining tashkil etilishidir.

Davomi » Nashr etilgan: Du, 03/11/2014 - 17:25

2014-yilning to‘qqiz oyida O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari

2014-yilning to‘qqiz oyida O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari
(2013-yilning shu davriga nisbatan foiz hisobida)

Davomi » Nashr etilgan: Shan, 01/11/2014 - 21:11

O‘zbekiston Respublikasini 2014-yilning to‘qqiz oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining shu yil 17-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida belgilab berilgan 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, shuningdek, tarkibiy tub o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga doir qabul qilingan strategiyani davom ettirish joriy yilning to‘qqiz oyida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosiy ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘sish sur’atlarini saqlash imkonini berdi. 

Davomi » Nashr etilgan: Shan, 01/11/2014 - 17:47

Hay'at yig`ilishi to`g`risida

2014 yil 27 oktyabrda Iqtisodiyot vazirligi majlislar zalida  Vazirlikning kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hay'at yig‘ilishini Iqtisodiyot vaziri G. Saidova olib bordi. Yig‘ilishda vazir o‘rinbosarlari,  vazirlik Markaziy apparatining bosh boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, barcha tasarrufiy tashkilotlar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot bosh boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 28/10/2014 - 14:51

Pages