A
x up auto down
Обращение
conv
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

O‘zbekiston eksport salohiyati yuksalmoqda

Mamlakatimizning barcha hududlarida sanoat korxonalarini tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotning barqaror sur’atlar bilan o‘sishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Davomi » Nashr etilgan: Du, 04/17/2017 - 10:49

Loyiha energiyani tejash jarayoniga o‘z hissasini qo‘shmoqda

Iqtisodiyot vazirligi turli usullar yordamida energiya iste'molini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda joriy qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni olib bormoqda. “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi ana shunday usullaridan biridir. Ushbu loyiha Jahon banki guruhi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida O‘zbekiston sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan subloyihalarni moliyalashtirish mexanizmini tatbiq etish nazarda tutilgan.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 04/14/2017 - 09:33

Kooperatsiya aloqalari mustahkamlanmoqda

«O‘zekspomarkaz»da sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari, Ta’lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari komplekslarining tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi yakunlandi. 

Davomi » Nashr etilgan: Se, 04/11/2017 - 09:52

Brifing qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash istqibollariga bag‘ishlandi

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqbolli rejalar bilan jamoatchilikni kengroq tanishtirish maqsadida, Iqtisodiyot vazirligida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar”ga bag‘ishlangan matbuot brifingi o‘tkazildi. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 04/05/2017 - 12:25

Sirdaryo viloyatida hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyatida hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi Sirdaryo viloyatidagi yirik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida o‘tkazilgan hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida sanoat mahsulotlari xaridi va hamkorlikka oid 11,5 million dollarlik hamda 175,5 milliard so‘mlik shartnomalar imzolandi. 

Davomi » Nashr etilgan: Se, 04/04/2017 - 14:59

Aleksey Miller: o‘zaro manfaatli hamkorligimiz izchil davom etadi

Mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yangi gaz konlarini topish va o‘zlashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 03/31/2017 - 09:46

O‘zbekiston Prezidenti «Gazprom» kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksey Millerni qabul qildi. 

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 03/30/2017 - 12:04

Xalqimizning roziligi – barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbaidir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28-mart kuni Navoiy viloyatida bo‘ldi. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 03/29/2017 - 12:14

Tadbirkorlarga yanada keng imkoniyat

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining mustahkam tayanchidir. Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar samarasida mazkur tarmoq nafaqat yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda asosiy bo‘g‘in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining, yanada farovon turmushga erishishning muhim omiliga aylandi. Tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bozorlar to‘kinligini ta’minlash barobarida davlatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishda ham katta ahamiyat kasb etmoqda. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 03/29/2017 - 09:40

O‘zaro manfaatli hamkorlikning yuksak samaralari

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 22-23-mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. 

Davomi » Nashr etilgan: Se, 03/28/2017 - 11:35

Pages