A
x up auto down
conv
conv
phone
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

Qishloq joylarda xizmatlar sohasi va servisni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26-yanvardagi PQ-1046 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” davlat dasturida belgilangan barcha chora-tadbirlarni amalda bajarilishi, aholi daromadlarining oshishi va turmush darajasining ko‘tarilishi, qishloqlarda ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma shaxobchalarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini barpo etish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini, ta’lim tizimini, aholining tibbiy madaniyatini yanada rivojlantirishga yo‘l ochib bermoqda.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 12/06/2009 - 09:05

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga bag‘ishlangan brifing Press – relizi

Brifing shu yilning 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazildi. 2008 yilning 27 oktyabridan 1 noyabrigacha OHJ MKK “Uzekspomarkaz” pavilonlarida Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda 276 ta sanoat korxonlari va tashkilotlar qatnashishdi. Shundan 137 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlaridir (2007 yilda ular soni 224 ta va 124 ta edi). Bundan tashqari, yarmarka davomida banklar, sug‘urta tashkilotlari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi va boshqa qo‘llab quvvatlovchi tashqilotlar tomonidan axborotg‘maslahat xizmatlari ko‘rsatildi.
Davomi » Nashr etilgan: Du, 01/06/2009 - 09:04

O‘zbekiston Respublikasini 2009 yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2008 yil noyabrda tasdiqlangan Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish doirasida kompleks chora-tadbirlarni va 2009 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlarini hayotga tatbiq etish borasida belgilangan vazifalarning bajarilishi 2009 yilning birinchi choragida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning barqaror ijobiy sur’atlarini saqlash imkonini berdi. I. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar Joriy yilning I choragida yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati 7,9 foizni tashkil etdi.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 30/04/2009 - 04:02

Hay’at yig‘ilishi

Joriy yilning 17-fevral kuni Iqtisodiyot vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Iqtisodiyot vaziri B.A. Xo‘jayev boshqardi. Yig‘ilishda 2008 yilning yakuniy tahlillari, 2009 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Qabul qilingan Dasturlar va belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi belgilab olindi. Yig‘ilish qatnashchilariga vazirlikning Markaziy apparati Bosh boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshliqlari tomonidan har bir qabul qilingan yangi Dasturlarning mohiyati, ularni amalga oshirish, monitoring o‘tkazish mexanizmlari tushuntirildi.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 19/02/2009 - 07:58

2009 yil Investitsiya dasturi loyihalari

Har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan iqtisodiyotning muhim tarmoqlari va ijtimoiy sohadagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlanadi. Unda asosiy e'tibor, eng birinchi navbatda, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga qaratiladi. Shu orqali ularning rivojlanishi, eksport salohiyatining oshishi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlarning ulushini oshirishga sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan xorijiy investitsiyalar jalb qilishga bo‘lgan katta e'tibor, iqtisodiyotning real sektoridagi qulay investitsiya muhiti ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ortishiga zamin yaratadi.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 24/12/2008 - 07:57

O‘zbekiston Respublikasini 2008 yilning to‘qqiz oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va joylardagi davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 8 fevralda va 18 iyulda bo‘lib o‘tgan majlislarida belgilab berilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining muhim ustuvor yo‘nalishlarini, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini rivojlantirish, texnik va texnologik yangilashga doir maqsadli kompleks dasturlarini bajarish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirishi natijasida 2008 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi ta’minlandi. I.
Davomi » Nashr etilgan: Du, 24/11/2008 - 07:55

Press-reliz: Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturining bajarilishi haqida

Respublikada 2006-2008 yillarda xizmatlar bozori iste’molchilarning ehtiyojlari ta’sirida hamda 2010 yilga qadar xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturida belgilangan chora-tadbirlarning natijalarida shakllanmoqda. Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ-325 sonli qarori bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 maydagi PQ-640 sonli qarori bilan xizmatlar sohasini rivojlantirishni yanada jadallashtirishga, aholiga yangi zamonaviy va sifatli xizmatlar ko‘rsatishga, sohani iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirishga, qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan qo‘shimcha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 06/11/2008 - 07:54

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot

Respublika hukumatining 2008 yil 30 sentabrda bo‘lib o‘tgan majlisida 2009 yilga asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasi har tomonlama muhokama qilindi.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 01/10/2008 - 08:53

Respublika hududlarini 2008 yil 1-yarim yillikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosiy ko‘rsatkichlari

2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustivor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar 2008 yilning 1-yarim yilligida asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning belgilangan prognozlari bajarilishini ta’minladi. Yalpi ichki mahsulot 9,3 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 12,2 foizga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 16,6 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmi 5,4 foizga o‘sdi. 6,2 mln tonna g‘alla yig‘ib olindi. Mahsulot eksporti 48,2 foizga ko‘paydi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,8 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi prognozdagi parametrlardan yuqori bo‘lmadi.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 15/08/2008 - 08:52

Iqtisodiyotning ustuvor sohalarini ishlab chiqarish quvvatlari modernizatsiyasi hisobiga rivojlantirish

Respublika iqtisodiyotining barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash maqsadida sanoatning ustuvor sohalarida o‘rta muddatli rivojlantirish dasturlari qabul qilingan. Ushbu dasturlar doirasida ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta sozlash ko‘zda tutilgan. Jumladan, turli Hukumat qarorlari bilan sanoatning avtomobilsozlik, kimyo, yog‘-moy, yengil, paxta tozalash, neft va gaz, metallurgiya, qurilish materiallari sohalarida rivojlantirish dasturlari tasdiqlangan.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 07/08/2008 - 08:51

Pages