A
x up auto down
conv
conv
phone
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

Qonunlar ijrosi amalda

Bugun Iqtisodiyot vazirligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari doirasida hamda vazirlikda ijro intizomini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli huquq-tartibot idora vakillari ishtirok etib, bu xususda o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 17/12/2014 - 20:45

Yong‘in xavfsizligini ta'minlash - har bir fuqaroning burchi

Diqqat: Yong‘in xavfsizligi oyligi!

Hukumatimizning tegishli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, ayni paytda yurtimizda o‘tkazilayotgan yong‘in xavfsizligi doirasida Iqtisodiyot vazirligida ham targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Unda vazirlik rahbariyati, mas'ul xodimlari, ishchi-xizmatchilari ishtirok etishdi.

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 17/12/2014 - 17:01

Kollej bitiruvchilari bandligi ta’minlanmoqda

Ma’lumki, Prezidentimiz Vazirlar Mahkamasining Mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishidagi ma’ruzasida shahar va qishloqlarda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish orqali aholi bandligini, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash muhim ustivor masala ekanligini alohida ta’kidlagan edi.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 16/12/2014 - 15:18

"Tadbirkor davri" ko'rsatuvlari (video)

"Tadbirkor davri" ko‘rsatuvining dastlabki soni "Yoshlar" telekanali orqali 2014 yil 4 dekabr soat 20:10 da hamda 5 dekabr soat 14:00 da (takroran) efirga uzatilgan. Ko'rsatuvning mazkur soni tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq tartibotlarga bag‘ishlangan.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 16/12/2014 - 12:40

2014 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturining bajarilishi to‘g‘risida

Mamlakatimizda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, ularning bandlik darajasini oshirish maqsadida, ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi doirasida respublika bo‘yicha 2014 yilning yanvar-noyabr oylarida 930,5 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi (prognoz parametrlariga nisbatan 1,7 foizga ko‘proq). Mazkur ish o‘rinlarining 341,6 mingtasi yangidan tashkil etilgan kichik korxonalar va mikrofirmalar ulushiga to‘g‘ri keldi.

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 10/12/2014 - 19:27

Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri baholanadi

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi “Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2015-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ta’sir etadigan barcha normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari tegishli tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokama qilish va tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash uchun joylashtiriladi.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 05/12/2014 - 12:30

Mehnatdan qadr, el-yurt xizmatidan baxt topganlar

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 25 avgustdagi PF-4648- sonli Farmoni e'lon qilingan edi.

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 03/12/2014 - 16:11

«Yoshlar» telekanalida «Tadbirkor davri» nomli yangi ko‘rsatuv efirga chiqadi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga!

Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik normalarining mazmun-mohiyatini aholi, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida keng tushuntirish, amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘ibotining samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» telekanalida «Tadbirkor davri» nomli doimiy faoliyat yurituvchi tahririyat tashkil etildi.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 02/12/2014 - 17:11

“Sog‘lom bola yili” davlat dasturining V bo‘limi ijrosi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi № PP-2133-sonli “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan vazifalarni ta'minlash maqsadida mamlakatimizda qator tizimli ishlar, chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 02/12/2014 - 17:04

Qarshi tumanida zamonaviy to‘qimachilik majmuasi barpo etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 oktyabrdagi 305-sonli qaroriga asosan, Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 2015-2016 yillar mobaynida “LT Textile Cooperatief U.A.” (Niderlandiya) kompaniyasi tomonidan 55 mln.dollar miqdorida xorijiy investitsiya kiritilishi hisobiga, zamonaviy yuqori texnologiya vositalari yordamida jihozlangan to‘qimachilik korxonasi tashkil etiladi.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 02/12/2014 - 14:59

Pages