A
x up auto down
Обращение
conv
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi davom etmoqda

“O‘zekspomarkaz“da O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi davom etmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston sanoatchilari forumining ikkinchi kuni “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat aksionerlik jamiyati, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding” xolding kompaniyasi, “Fonon” hamda “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksionerlik jamiyatlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston dunyodagi samolyotsozlik sanoatiga ega sanoqli davlatlar sirasiga kiradi.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 14/11/2007 - 04:24

O‘zbekiston sanoatchilari forumi yakunlandi

Toshkentda 12-17 noyabr kunlari O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarning yana bir samarasi bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, valutani tejash, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko‘paytirish, mahalliylashtirish qamrovini kengaytirish, korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochdi.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 13/11/2007 - 04:28

O‘zbekiston Respublikasi sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi

Nashr etilgan: Sha, 10/11/2007 - 20:59
Davomi » Nashr etilgan: Shan, 10/11/2007 - 04:19

Hamkorlik samaralari

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ishonch, do‘stona munosabatlar hamda o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan iqtisodiy aloqalar o‘z samarasini bermoqda. Surxondaryo viloyatida SHHT mamlakatlari ishtirokida 15 ta qo‘shma korxona tashkil etilgan. Zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan ushbu korxonalarda raqobatbardosh qurilish materiallari, mebel jihozlari tayyorlanmoqda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qayta ishlanmoqda. Mazkur hamkorlik samarasini O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining viloyat hududiy boshqarmasi bilan Xitoyning Sinszyan Uyg‘ur avtonom tumani tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va hamkorlik departamenti o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik misolida ham ko‘rish mumkin.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 31/10/2007 - 04:15

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot

2007 yil 26 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda 2008 yil uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi, soliq va budjet siyosati konsepsiyasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasi muhokama qilindi. Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev olib bordi. Majlis muhokamasiga kiritilgan mamlakatimizning kelgusi yil uchun asosiy iqtisodiy hujjatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari, Moliya vaziri R.Azimov so‘zga chiqdi.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 28/09/2007 - 03:37

Davlat budjeti ijrosiga bag‘ishlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2007 yil birinchi yarim yillik ijrosiga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur qo‘mita raisi A.Ahadov boshqargan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar, banklarning rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari S.Bekenovning hisoboti tinglandi.
Davomi » Nashr etilgan: Shan, 18/08/2007 - 03:36

Servis sohasi rivojlanishda

Prezidentimiz Islom Karimovning 2006 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida aholi bandligini ta’minlaydigan sohalar, jumladan, servisni yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Yurtimizda xizmatlar bozori tobora kengayib borayotgani, bir tomondan, aholiga qulayliklar yaratayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ochilayotgan yangi ish o‘rinlari orqali daromad manbalari yanada ko‘paymoqda.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 16/08/2007 - 03:35

2007 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

2007 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi hukumati va joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan respublika hukumatining 2007 yil 12 fevraldagi yig‘ilishida belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalarini, shuningdek, rivojlanishning muhim maqsadli kompleks va sohalar dasturlarini amalga oshirishni ta’minlashga qaratildi. Natijada asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari, joriy yilda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun puxta zamin hozirlaydigan dinamikaga ega bo‘ldi.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 25/07/2007 - 03:34

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘n olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n olti yilligini munosib kutib olish, bu qutlug‘ sana munosabati bilan mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish yo‘lida erishilgan ulkan yutuq va natijalarni xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, vatandoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga bebaho ne’mat bo‘lmish mustaqillikning beqiyos ahamiyati, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada chuqurroq singdirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘n olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Respublika komissiyasi “Bu bayram - barchamizniki, butun xalqimizniki” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini 20 kun muddatda ishlab chiqsin. 3. Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar va tantanali marosimlarni ko‘tarinki ruh va kayfiyatda, tashkiliy, g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak saviyada, aholining barcha qatlamlari, keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazish uchun “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalariga alohida tadbirlar rejasini tayyorlash va amalga oshirish tavsiya etilsin. Ushbu tadbirlar rejasida quyidagi masalalarga e’tibor qaratilsin: istiqlolning yosh avlod taqdirida, ularning zamonaviy dunyoqarashi, bilim va tafakkuri, faol grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashdagi beqiyos o‘rni va ahamiyatini, yigit-qizlarimizning ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarida, Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ko‘z qorachig‘idek asrash borasida erishayotgan yutuqlarini aniq hayotiy misollar orqali ko‘rsatish va keng targ‘ib etish; xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini, ijtimoiy faolligini yuksaltirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, el-yurt tayanchi bo‘lmish oila institutini har tomonlama mustahkamlash, uning farovonligini oshirish bo‘yicha, jumladan, “Ijtimoiy himoya yili” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aks ettirish; mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, yurtimiz shuhratini dunyoga tarannum etish, yoshlarimizni barkamol insonlar etib tarbiyalashda o‘z shaxsiy ibrati va hayotiy tajribasi bilan namuna ko‘rsatayotgan, el-yurtga xizmati singgan keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, faxriylarning mehnatini munosib qadrlash, ular ishtirokida turli suhbat va uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar uyushtirish; istiqlolimiz bilan bog‘liq ezgu tushunchalarni yanada chuqurroq anglash, uning qanday kurash va mashaqqatlar, fidokorona mehnat va qat’iyat evaziga qo‘lga kiritilgani, keng ko‘lamli islohotlarimiz mohiyat e’tibori bilan inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilganini ta’sirchan usul-uslublar orqali yoritish, millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har qaysi insonning jamiyatimizdagi tub o‘zgarishlardagi ishtiroki, hayotga ongli munosabati, daxldorlik tuyg‘usi va mas’uliyat hissi, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlari tobora kuchayib borayottanini, bu esa barcha yutuqlarimizning, bugungi va ertangi taraqqiyotimizning asosiy sharti va garovi bo‘lib xizmat qilayotganini har tomonlama chuqur ochib berish. 4 .Respublika komissiyasi o‘z yig‘ilishlarida markazda va joylarda amalga oshirilayotgan tadbirlar rejasini bajarish bo‘yicha hisobotlarni muntazam ravishda eshitib borsin. 5. Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘tkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar bo‘yicha yuksak professional mahorat va tajribaga ega bo‘lgan senarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh san’atkorlar, folklor san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin. 6. Bayram munosabati bilan shahar va qishloqlarda, mahalla va guzarlarda, ko‘pqavatli uylar atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilsin. 7. Madaniyat va sport ishlari vazirligi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari bilan birgalikda Vatanimiz istiqlolini tarannum etadigan eng yaxshi qo‘shiq va musiqiy asarlar uchun respublika tanlovini o‘tkazish maqsadida uning nizomini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinsin. 8. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan birgalikda avgust oyining oxirida mamlakatimiz mustaqilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘ va eng aziz” an’anaviy tanlovining yakuniy bosqichini o‘tkazsin. 9. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va Bastakorlar uyushmasi yosh ijrochilar o‘rtasida “Nihol” mukofotiga nomzodlarning respublika saralash bosqichini hamda g‘oliblar ijrosidagi konsert dasturini avgust oyining birinchi yarmida yuqori darajada tashkil etsin. 10. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar, jamg‘armalar hisobidan; Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. 11.O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning o‘n olti yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin. 12. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Toshkent shahri, 2007 yil 30 may
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 01/06/2007 - 03:32

Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirliklar, idoralar va joylardagi hokimiyat organlari rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qabul qilingan ayrim me’yoriy-huquqiy hujjatlarning bajarilishi, davlat qo‘mitalarida axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunini amalga oshirish natijalari batafsil tahlil qilinib, qog‘ozsiz hujjat aylanishi tizimini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risidagi hisobot tinglandi. Ushbu tizimni jamiyat faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etishning ijobiy tomonlari, shuningdek, elektron hujjat aylanishini yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish istiqbollariga e’tibor qaratildi. Elektron hujjat aylanishi tizimlarini birxillashtirish maqsadida milliy standartlar qabul qilinishini jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Yig‘ilishda mas’ul shaxslarning Toshkent shahri va viloyatining ayrim tumanlarida elektron hujjat aylanishi vositalaridan foydalangan holda, moliyaviy hisobdorlik va hisob-kitobni taqdim etish tizimini shakllantirish hamda yanada rivojlantirishga doir ma’ruzalari tinglandi. Soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalari ko‘rib chiqildi. Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalarining korporativ va mahalliy tarmoqlarining axborot xavfsizligi monitoringi natijalarini ham muhokama etdi.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 29/05/2007 - 03:31

Pages