A
x up auto down
Обращение
conv
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

Import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish va sanoat kooperatsiyasini jadal rivojlantirish bo‘yicha tahlillar, takliflar

Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgartirishda va jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarini yengib o‘tishda muhim ahamiyatga ega.

Ushbu vazifani amalga oshirishda qonunchilik bazasining to‘laqonli yaratilganligi, jumladan dasturning shakllantirish va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarorlari, shuningdek, bu borada ma'sul vazirliklarning vazifalari va vakolatlari aniq belgilab berilgan yagona tizimning mavjudligi katta rol o‘ynaydi.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 14/10/2014 - 19:30

Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 5 avgustda qabul qilingan farmoyishiga binoan, «Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish» mavzusida shu yilning 28-29 oktyabr kunlari Urganch shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyasiga tayyorgarlik doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi topshirig‘iga asosan, joriy yilning 8 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida O‘zbekistondagi Diplomatik korpus va  xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirokida Orol dengizi mintaqasidagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti va muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 09/10/2014 - 15:27

O‘zbekiston Respublikasida qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratish masalasiga qaratilayotgan ulkan e'tibor hech kimga sir emas. Davlatimiz rahbarining ko‘plab nutqlarida alohida qayd etilganidek, milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur'atlariga erishish, kundan-kunga o‘sib borayotgan aholini muqim ish o‘rinlari va ishonchli daromad manbai bilan ta'minlash maqsadida, eng avvalo, iqtisodiyotga xususiy kapitalni keng jalb etish bo‘yicha maksimal qulay shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 08/10/2014 - 16:46

Milliy turizm - iqtisodiy taraqqiyotning oyinasi

O‘tgan hafta ham yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta voqyealarga boy bo‘ldi. Ushbulardan biri va asosiysi, bu, shubhasiz, BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 99 sessiyasi Samarqand shahrida o‘tkazilishi bo‘ldi.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 07/10/2014 - 20:51

Orgtexnika vositalari sotib olish

Vazirlik Markaziy Apparati ehtiyoji uchun ko`p funktsiyali (chop etish, skanerlash, nusxa olish) qurilmalari (2 dona) sotib olish bo`yicha O`zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining Davlat xaridlari bo`yicha elektron savdolar tizimida lot savdoga qo`yilgan.

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 25/09/2014 - 09:18

“Sog`lom bola yili” Davlat dasturi beshinchi bo`limining bajarilishi bo`yicha

Davlat dasturining beshinchi bo‘limida sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam va ko‘makni kuchaytirish, mazkur jarayonlar uchun mas'ul bo‘lgan sog‘liqni saqlash, ta'lim, madaniyat, ijtimoiy muhofaza muassasalarida zamonaviy talablarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratish, ularni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanishning samaradorligini oshirish, sog‘lom bolani tarbiyalash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani keng o‘rganish va amalda joriy etish kabi muhim masalalar asosiy vazifa qilib belgilangan.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 19/09/2014 - 10:14

Ravon yo`llar – xalqimiz farovonligi, bunyodkorlik qudrati timsoli

Qachon odamzod o‘zini yanada kuchli, qudratli sezadi? Qachon kishi bunyodkorlik ishlariga qo‘l uradi? Qachonki, oilasida totuvlik, ishida rag‘bat, yurtida tinchligu osoyishtalik barqaror bo‘lsa. Qachonki amalga oshirilayotgan islohotlar turmushining farovon bo‘lishiga, hayotining yuksalishiga xizmat qilsa...

MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA DAVLATIMIZ RAHBARI POYTAXTIMIZDA OLIB BORILAYoTGAN KENG KO‘LAMLI O‘ZGARIShLAR, YaNGILANIShLAR BILAN YaQINDAN TANIShDI. XUSUSAN OLMAZOR TUMANINING BERUNIY KO‘ChASIDAN BOShLANIB, ShAYXONTOHUR TUMANI XURShID KO‘ChASIGA QADAR DAVOM ETGAN, YO‘LNI HAM KO‘ZDAN KEChIRDI.

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 11/09/2014 - 17:56

VIII Xalqaro Sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi bo‘lib o`tadi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 24 fevraldagi 38-sonli “2014 yil xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasini tashkil etish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yilning 28 oktyabr - 1 noyabr kunlari “O`zekspomarkaz”da VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o`tkaziladi.

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 10/09/2014 - 18:40

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Byudjet tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining xayriya ehsonlari shaklidagi mablag‘laridan foydalanishning oshkoraligi va samaradorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 33-son, 419-modda)

O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek byudjet tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining xayriya ehsonlari shaklidagi mablag‘laridan maqsadli foydalanish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

Davomi » Nashr etilgan: Du, 25/08/2014 - 19:06

O‘zbekiston Respublikasini 2014-yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan joriy yil 17-yanvarda bo‘lib o‘tgan mamlakatimiz hukumati majlisida belgilab berilgan 2014-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim vazifa va ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, shuningdek, iqtisodiyotimiz tarmoq va sohalarini o‘rta muddatli rivojlantirish dasturlarini davom ettirish shu yilning birinchi yarmida asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘sish sur'atlarini saqlash, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini yanada muvozanatli rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratish imkonini berdi. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 23/07/2014 - 14:47

Pages