A
x up auto down
conv
conv
phone
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

“Islom Karimov - Mustaqil O‘zbekiston asoschisi”

Bugun Iqtisodiyot vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-3404-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga bag‘ishlangan “Islom Karimov - Mustaqil O‘zbekiston asoschisi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 16/02/2018 - 14:43

Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi

Qayd etilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi "Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni talablarini amalga oshirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xorij mamlakatlarining soliq qonunchiligi va ma’muriyatchiligi sohasidagi sinalgan ilg‘or yutuqlarini implementatsiya qilish ishlari qoniqarsizligicha qolmoqda. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 14/02/2018 - 11:54

Munozaralarga boy taqdimot

Bugun iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati xodimlarining Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi - Ijro.gov.uz hamda “GERMES” elektron hujjat aylanish tizimlarida ishlash ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “UNICON.UZ” DUK hamda “BAIK Technologies” MCHJ mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar-taqdimoti o‘tkazildi.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 13/02/2018 - 17:08

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va respublika avtomobil transportining 2017-yil ish yakunlari to‘g‘risida ma'lumotnoma

Davlat statistika qo‘mitasidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 2017-yil yakuni bilan respublikaning barcha avtomobil transporti vositalari bilan jami 1 mlrd. 41 mln. tonna yuk va 5 mlrd. 565 mln. yo‘lovchi tashilib, ushbu ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan tegishli ravishda 103.7 va 102.3 foizni tashkil etdi.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 09/02/2018 - 18:06

E'lon: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ishga taklif qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Xalqaro hamkorlik va tashqi savdo bosh boshqarmasi tajribali mutaxassislarni ishga taklif qiladi.

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 08/02/2018 - 15:54

Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida: 

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 08/02/2018 - 08:49

Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmonini ijro etish, shuningdek, respublikaga turistlar oqimini ko‘paytirish, kirish turizmini milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish, mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida:

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 07/02/2018 - 09:36

O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Respublikaning turizm salohiyatini, birinchi navbatda investitsiyalarni faol jalb qilish, sohaga innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mamlakatning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining mavjud resurslari va imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish hisobiga rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida: 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 07/02/2018 - 09:33

Ko‘mir ishlab chiqarish tarmog‘ini yanada rivojlantirish

Bugun yurtimizda demografik o‘sish hamda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi sabab  ko‘mir yoqilg‘isiga bo‘lgan talab tobora oshib bormoqda. Aytish joizki, 2017-yilda respublikada ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan talab 4,8 mln. tonnani tashkil etgan va bu ehtiyoj to‘liq qoplangan edi.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 02/02/2018 - 18:43

Sog‘liqni saqlash sohasida 2017-yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma'lumot

Aholiga keng ko‘lamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini, uning o‘z vaqtida va yuqori sifatli bo‘lishini ta'minlash respublikada zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini yaratishning muhim ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu maqsadlarda tashkil etilgan qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar tarmog‘i, tez yordam stansiyalari va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari sohadagi mazkur vazifalarni ma'lum darajada hal etish imkonini berdi.

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 01/02/2018 - 17:34

Pages