A
x up auto down
Обращение
conv
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

Eksport geografiyasi kengaysa, daromad ham ortadi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar jarayonida mahalliy va xorijiy sarmoyalarni jalb etish orqali ishlab chiqarishni kengaytirish, korxonalar eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 05/11/2017 - 14:17

OAV vakillari bilan uchrashuv

Kecha O‘zbekiston Milliy matbuot markazida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlari rahbarlarining respublika ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi A.Xo‘jayev moderatorlik qildi.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 05/11/2017 - 09:51

“Motamsaro ona” poyiga gulchambar qo‘yildi

Bundan 18 yil oldin O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tashabbuslari bilan mamlakatimizda 9-may sanasi Xotira va qadrlash kuni deb e'lon qilinib, poytaxtimiz Toshkent, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda Xotira maydonlari barpo etilib, bu maydonlarda “Motamsaro ona” haykallari o‘rnatildi. Boshqacha aytganda, xotira va qadrlash degan, bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro bog‘langan ikkita ezgu tushuncha ayni shu nomda o‘zining yorqin ifodasini topdi va bu kun umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 05/10/2017 - 14:47

Dehlida O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatining taqdimoti

Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasida O‘zbekistonda biznes yuritish va sarmoyaviy faoliyat sharoitlari” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. “Hindiston - MDH” savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu tadbirda mazkur palata atrofiga uyushgan hind kompaniyalari, Savdo va sanoat vazirligi, Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kengash, Dehlida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatiya missiyalari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.

Davomi » Nashr etilgan: Shan, 05/06/2017 - 11:06

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutini ta’sis etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning faoliyatiga davlat organlarining asossiz aralashuvini oldini olish, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari huquqlarining ustuvorligi prinsipini ta’minlash maqsadida: 

Davomi » Nashr etilgan: Shan, 05/06/2017 - 10:40

“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Respublikamizning farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, dorivor o‘simliklar xomashyosini yetishtirishning noyob sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy dorivor vositalar bozorini o‘zimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori vositalari bilan to‘ldirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish va respublikamiz aholisi daromadlarini oshirish maqsadida: 

Davomi » Nashr etilgan: Shan, 05/06/2017 - 10:34

Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi PQ-2744-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qarorining bajarilishini ta’minlash hamda aeroport infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida zamonaviy talablarga muvofiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash maqsadida: 

1. "Toshkent" xalqaro aeroporti" davlat unitar korxonasiga Islom Karimov nomi berilsin. 

Davomi » Nashr etilgan: Shan, 05/06/2017 - 10:20

2016-yilda O‘zbekistonda 11,1 milliard dollarlik mahsulot eksport qilindi

Poytaxtimizda «O‘zbekiston Respublikasi eksport salohiyati: zarur sharoitlar va o‘sish imkoniyatlari» mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi hamda Bank-moliya akademiyasi hamkorligida tashkil etildi. 

Davomi » Nashr etilgan: Shan, 05/06/2017 - 09:37

Farg‘ona viloyatida eng yaxshi tadbirkor, fermer va hunarmand aniqlandi

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 55 tadbirkor, fermer va hunarmand ishtirok etdi. 

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 05/04/2017 - 10:53

Kooperatsiya aloqalari mustahkamlanmoqda

«O‘zekspomarkaz»da qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari hamda eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish komplekslarining tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi. 

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 05/04/2017 - 09:48

Pages