Hay'at yig'ilishi kun tartibi

24/07/2015 - 10:30 4729

2015 yil 28 iyul, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Toshketn sh.

Joriy yilning birinchi yarmida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishida Iqtisodiyot vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalarining roli va vazifalari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni yanada barqaror rivojlantirish masalalari

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning kirish so‘zi.

1. 2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirishlar va diversifikatsiya qilish bo‘yicha dasturini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining oldida turgan vazifalari to‘g‘risida:

1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi 4707-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilishni ta'minlash bo‘yicha dasturi ijrosi.

Dasturni amalga oshirish va ularning monitoringini olib borishda vazirlik tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining oldida turgan vazifalari to‘g‘risida
Saidikrom Niyazxodjayev - Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari

Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun loyiha-hujjatlarning tayyorgarlik holati va ularni ishlab chiqish hamda tasdiqlashni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Dilshod Azimov - Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va investitsiya dasturlarini shakllantirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i

1.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi 2298-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi ijrosi

Dasturni o‘z vaqtida va sifatli tarzda amalga oshirish bo‘yicha  vazirlik hududiy boshqarmalarining oldida turgan vazifalar to‘g‘risida
Feruz Rahmatov - Mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i

Joriy yilning birinchi yarmida ushbu dasturlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Hisobot beruvchilar:
Jahongir Nosirov - Toshkent viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i
Oqibjon Inomov        - Namangan viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i

1.3. 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l transport infratuzlmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish Dasturi ijrosini ta'minlash yuzasidan vazirlik hududiy boshqarmalarining oldida turgan vazifalar to‘g‘risida
G‘ofur Jamolov - Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

1.4. 2014 yil yakuni bo‘yicha “nol” hajmda hisobot topshirgan kichik biznes korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini tiklash, shuningdek, 2015 yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha tasdiqlangan eksport prognozlarining hududiy korxonalar tomonidan bajarilishini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlarning aniq natijalari to‘g‘risida

Hisobot beruvchilar:
Lavozimiga ko‘ra - Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, Toshkent shahri va viloyatlar iqtisodiyot bosh boshqarmalari boshliqlari

2. 2015 yilning ikkinchi yarmida Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi ijrosini ta'minlashda hududiy boshqarmalarning oldida turgan vazifalar to‘g‘risida
Dilmurod Turdiyev - Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari

3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tizimidagi ijro intizomi va fuqarolar va yuridik shaxslarni murojaatlarini ko‘rib chiqish holatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rganib chiqilganligi to‘g‘risida.
Muhammad Mondjazib - Hay'at kotibi

4. Boshqa tashkiliy masalalar.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.