Servis va xizmat ko'rsatish

19/06/2015 - 20:10 54929

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilda servis va xizmat ko‘rsatish sohasida 1174 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan

Ma'lumki, Hukumatimiz tomonidan “2014-2016 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” ishlab chiqilgan edi.

Ushbu dasturning servis va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha 2015 yilda 65641 mln.so‘mlik mablag‘ evaziga jami 1174 ta loyihani tashkil etish kutilmoqda.

Ayni paytda qoraqalpoq zaminida 507 ta loyiha amalga oshirildi. Bu yil yakuniga ishga tushirilishi kutilayotgan loyihalarning 43,2 foizini tashkil etadi. Bu boradagi ishlar respublika miqyosida jadal tus olgan.

Misol tariqasida aytish mumkinki, Chimboy tumanida yakka tadbirkor Satullayeva Venera tomonidan kinoteatr, Nukus shahrida "MISHODI NUKUS" MCHJ tomonidan to‘yxona binolari qayta ta'mirlanib ishga tushirildi. Shuningdek, To‘rtko‘l tumanida bittadan mehmonxona, avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shaxobchasi, to‘yxona hamda Qo‘ng‘irot tumanida tibbiy xizmatning stomotologiya turi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shaxobchalarining tashkil etilishi qoraqalpog‘istonlik yurtdoshlarimizning maishiy-ijtimoiy hayotidagi zaruriy ehtiyojlarini ta'minlashga zamin yaratmoqda.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.