Hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari bo'lib o'tmoqda

13/04/2015 - 17:24 18585

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 noyabrdagi “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat Kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3937-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 martdagi 59-sonli qaroriga muvofiq, tegishli grafik asosida respublikamizda bugungi kunda hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

Yuqoridagi Farmonga asosan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan mahsulotlar va materiallarni sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida xarid qilish mamlakatimizning barcha iste'molchilari uchun qo‘shimcha tenderlar o‘tkazmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlarida hududiy sanoat yarmarkalari yuqori darajada o‘tkazildi. Shuningdek, ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi korxonalari ham tarmoq sanoat yarmarkalarini o‘tkazishdi.

Ularda mahalliy sanoat korxonalari o‘zlari ishlab chiqargan, eksportga taklif etilayotgan, hamda sanoat kooperatsiyasi asosida ishlab chiqarish uchun taklif qilinayotgan butlovchi qismlar va tayyor materiallar bo‘yicha hamkorlik takliflarini taqdim etmoqdalar.

Shuningdek, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi joriy yilning 26 oktyabr - 2 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tadi.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.