“NAVBAHOR TEXTILE” chet el korxonasida ish qizg‘in davom etmoqda

28/03/2015 - 12:44 5212

Ma'lumki Navoiy viloyatida o‘tgan yilning 3-choragida “NAVBAHOR TEXTILE” O‘zbekiston-Turkiya chet el korxonasi yangidan tashkil etilgan edi. Korxona tomonidan 640 ming dollar miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilishi hisobiga Shvetsariya va Germaniya davlatlaridan “Riteer” va boshqa rusumdagi zaruriy texnologiyalar keltirilib, o‘rnatildi. Natijada, korxonada yiliga 5400 tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvati yaratildi.

Korxona tomonidan 2014 yilda 1609,0 tonna paxta tolasi qayta ishlandi va 235 ta (shundan, 25 tasi kollej bitiruvchilari) yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida korxona tomonidan 1050,3 tonna yoki 5,5 mlrd. so‘m miqdorida kalava ip mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Shuningdek, 2245,9 ming doll. miqdorida (bojxona qiymati bilan birga) kalava ip mahsuloti eksport qilinib, terminallardan 552,4 tn paxta tolasi xarid qilindi.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.