2015 yilning yanvar-fevral oylarida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish to‘g‘risida

24/03/2015 - 16:15 1913

Respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirilishi natijasida xizmat ko‘rsatish sohasida yuqori o‘sish sur'atlari ta'minlanmoqda. Ushbu o‘zgarishlar, yangilanishlar natijasida joriy yilning yanvar-fevral oylarida xizmat ko’rsatish sohasida o‘sish sur'ati 111,4 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida bu borada, eng yuqori o‘sish sur'atlari moliyaviy xizmatlar - 131,0 foiz, texnologik qurilmalarga texnik va ta’mirlash xizmatlari ko’rsatish – 133,9 foiz, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari - 121,1 foiz, qurilish xizmatlari - 115,3 foiz, sog’liqni saqlash sohasi – 114,2 foiz, maishiy xizmatlari - 113,8 foiz, qishloq xo‘jaligi sohasi - 112,9 foiz, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari – 112,5 foiz, turizm xizmatlari – 111,7 foiz hamda boshqa turdagi xizmatlarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi.

Mazkur sohani taraqqiy ettirish tijorat banklarining moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi orqali amalga oshirilmoqda. Xususan, hisobot davrida birgina “Mikrokreditbank” tijorat banki tomonidan 11,6 mlrd. so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari mazkur sohaga yo‘naltirildi.

Xizmatlar sohasini barqaror rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar hamda dasturlarning izchil amalga oshirilishi natijasida aholi ehtiyojlari qondirilmoqda, diversifikatsiya hamda xizmat ko’rsatish sifatining oshirilishi hisobiga tarmoqda sifat o’zgarishlari ro’y bermoqda.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.