O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ko‘rsatiladigan Davlat xizmatlari ro'yxati

05/12/2017 - 11:39 11849

1. Mahalliylashtirish dasturiga loyihalarni kiritishga hujjatlarni ko‘rib chiqish;

2. Iqtisodiyot va sanoat vazirligida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida axborot berish;

3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Nizomi, tuzilmasi, tarkibi, vazifalari va funksiyalari, rahbariyati, asosiy faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish;

4. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish;

5. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rahbariyati va mansabdor shaxslari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarni qabul qilish.

6. Iqtisodiyot va sanoat vazirligida ishlagan (ishlayotgan) xodimlarning yoshga doir pensiyaga chiqish munosabati bilan daromadlari to‘g‘risida ma'lumotnoma taqdim etish;

7. Iqtisodiyot va sanoat vazirligida ishlayotgan xodimlarning mehnat davridagi daromadlari to‘g‘risida soliq organlari, bank, Vizalar va Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limlari uchun hamda ishdan bo‘shashi arafasida ma'lumotnoma berish;

8. Iqtisodiyot va sanoat vazirligida ishlagan (ishlayotgan) xodimlarning mehnat faoliyatiga oid ma'lumotnoma berish;

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.