Axborot xizmatining asosiy vazifa va funksiyalari

23/05/2014 - 20:27 5614

Axborot xizmatining asosiy vazifalari:

Iqtisodiyot vaziri tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida vazirlik faoliyatining dolzarb jihatlarni yoritish;

Vazirlik internet tarmog‘ida mavjud veb resurslar faoliyatini muntazam takommillashtirib borish;

Vazirlik haqida jamoatchilik fikrlari hamda OAV munosabatlarini tahlil qilish va uning yakunlari bo‘yicha vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritib borish.

Axborot xizmatining asosiy funksiyalari:

Axborot xizmati o‘zining vazifalarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni vazirlikning boshqa tuzilma va boshqarmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘playdi va qayta ishlaydi;

Vazirlikning tegishli bo‘limlari bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari uchun press-reliz, byulleten, tahliliy materiallarni tayyorlaydi va tarqatadi;

Vazirlik tarkibiga kiruvchi muassasa va hududiy boshqarmalar hamda milliy va xorijiy OAVlar bilan hamkorlikda bosma materiallarni tayyorlash va chop etish, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlari tayyorlaydi va namoyishini ta'minlaydi;

Vazirlik rahbariyati va mas'ul xodimlarining ommaviy axborot vositalari bilan matbuot anjumanlari, brifinglari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etadi;

OAVlarida e'lon qilinayotgan vazirlik tizimi faoliyatiga oid ijobiy va tanqidiy chiqishlarni tahlil etadi va rahbariyatga axborot kiritadi;

Axborot xizmati o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda ommaviy axborot vositalarining vazirlik tizimi faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni to‘liq va xolisona tayyorlashda o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi, shuningdek, ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalarni va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.

Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan vazirlik veb-saytini bugungi kun talabi darajasida faoliyat ko‘rsatishini ta'minlaydi.