Hay’at yig‘ilishi

19/02/2009 - 07:58 2310

Joriy yilning 17-fevral kuni Iqtisodiyot vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Iqtisodiyot vaziri B.A. Xo‘jayev boshqardi.

Yig‘ilishda 2008 yilning yakuniy tahlillari, 2009 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Qabul qilingan Dasturlar va belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi belgilab olindi. Yig‘ilish qatnashchilariga vazirlikning Markaziy apparati Bosh boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshliqlari tomonidan har bir qabul qilingan yangi Dasturlarning mohiyati, ularni amalga oshirish, monitoring o‘tkazish mexanizmlari tushuntirildi. Hay’at yig‘ilishida asosiy e’tibor 2009-2012 yillarda jahon iqtisodiy krizisiga qarshi ishlab chiqilgan Dasturlar va “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” davlat Dasturlarini amalga oshirishga qaratildi.

Ijtimoiy tadqiqotlar instituti direktori T.M. Axmedov aholi turmush darajasini yaxshilash muammolarini Iqtisodiyot vazirligining hududiy boshqarmalari va bo‘limlari bilan hamkorlikda hal qilish masalalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Yig‘ilishda vazirlik Markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot Bosh boshqarmalari hamda tuman va shahar iqtisodiyot bo‘limlari xodimlari faoliyatiga kritik baho berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda vazirlikning ichki hayotiga tegishli masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Barcha ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha aniq yechimlar qabul qilindi, qo‘yilgan masalalarning o‘z vaqtida bajarilishi, ijro intizomining nazorat mexanizmlari belgilab olindi, har bir masalani hal qilish bo‘yicha unga javobgar xodimlar biriktirildi.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.