Iqtisodiyotning ustuvor sohalarini ishlab chiqarish quvvatlari modernizatsiyasi hisobiga rivojlantirish

07/08/2008 - 07:51 2280

Respublika iqtisodiyotining barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash maqsadida sanoatning ustuvor sohalarida o‘rta muddatli rivojlantirish dasturlari qabul qilingan. Ushbu dasturlar doirasida ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta sozlash ko‘zda tutilgan.

Jumladan, turli Hukumat qarorlari bilan sanoatning avtomobilsozlik, kimyo, yog‘-moy, yengil, paxta tozalash, neft va gaz, metallurgiya, qurilish materiallari sohalarida rivojlantirish dasturlari tasdiqlangan.

Har bir dasturda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan investitsion loyihalar ro‘yxati, ularni amalga oshirilishi natijasida erishilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar, mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish maqsadli ko‘rsatkichlari va energoresurslarni kutilayotgan iqtisodi belgilab qo‘yilgan.

Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish maqsadida joriy yilning aprel oyida Prezidentning Qarorlari bilan (04.04.2008 y. PQ-830-sonli va 07.04.2008 y. PQ-832-sonli) ushbu sohani qayta tashkillashtirish va modernizatsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berilgan. Mazkur chora-tadbirlarga ko‘ra soha korxonalarining tuzilmasini optimizatsiyalash va ishlab chiqarish quvvatlarini sohaning beshta korxonasida jamlash ko‘zda tutilgan. (OAJ “Toshkent traktor zavodi”, OAJ “Agregat zavodi”, OAJ “Chirchiqqishloqmash”, OAJ “Texnolog”).

Shuningdek dasturda ushbu korxonalarning 2008-2010 yillarda mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish maqsadli ko‘rsatkichlari belgilangan.

 

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.