O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining I yarim yillik yakunlari bo’yicha kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi to‘g‘risida

03/08/2008 - 07:50 2302

Joriy yilning 31 iyul kuni Iqtisodiyot vazirligida vazirlikning kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Hay’at yig‘ilishida Vazirlikning Markaziy apparati xodimlari, tarkibiy tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, kun tartibidagi masalalar muhokamasi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan iqtisodiyotning tarmoq korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi.  Dasturga kiritilgan ob’yektlarni amalga oshirishdagi qoloqliklarni o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha xulosa va takliflar bildirilib, muammolar mutaxassislar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zfarmsanoat” DAK, “O‘zbekengilsanoat” DAK, “O‘zpaxtasanoat” birlashmasi, Navoiy kon-tog‘ metallurgiya kombinati, “O‘zkimyosanoat” DAK rahbarlarining amalga oshirishning mo‘ljallangan jadvallaridan orqada qolishga yo‘l qo‘yilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning holati, mavjud muammolar hamda ularning bartaraf etish yuzasidan takliflari eshitildi.
 
Shuningdek,  yig‘ilishda xizmatlar va servis sohasini rivojlantirishni yanada jadallashtirish, ayniqsa, qishloq joylarida xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, xizmat ko‘rsatish shahobchalarini son va sifat jihatidan o‘sishiga erishish, shu bilan birga xizmat ko‘rsatish hajmlarini yanada ko‘paytirish orqali aholi daromadlari va bandligini oshirish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xizmatlar sohasini, ayniqsa, qishloq joylarida jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan sabablarni o‘rganib chiqish, xizmat ko‘rsatish shahobchalari tashkil uchun ajratilayotgan kredit mablag‘laridan samarali foydalanish, mazkur sohasini yanada kengaytirish orqali aholi bandaligin oshirish masalalarida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, AT “Mikrokreditbank” rahbarlarining taklif va mulohazalari tinglandi.

Shu bilan birga mazkur yig‘ilishda vazirlik Markaziy apparati, uning tarkibiy tashkilotlari, xududiy iqtisodiyot bosh boshqarmalar faoliyatini yanada rivojlantirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi oshirish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Hay’at yig‘ilishi ishtirokchilari kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashgan holda joriy yilning 9-oyi va 2008 yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan qator qarorlar qabul qildilar. Yig‘ilish so‘ngida, belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlanishi tegishli vazir o‘rinbosarlari tomonidan qat’iy nazoratga olinishi belgilab qo‘yildi.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.