Mahalliylashtirish dasturiga kirgan loyihalar pasportlari ekspertizasi avtomatlashtirilgan tizimi

17/06/2014 - 20:45 21224

Mazkur dastur majmuasi Mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda tadbirkorlik sub'ektlari uchun ular tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish va ko`rib chiqishda qulayliklar yaratish maqsadida joriy qilingan.

Tadbirkorlik sub'ektlarining Mahalliylashtirish dasturiga kiritishga doir talabnomalarini taqdim etish va ularning ekspert komissiya tomonidan ko`rib chiqilish tartiblari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi "Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Sanoat kooperatsiya asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarish Mahalliylashtirish dasturini shakllantirish tartibi to`g`risidagi Nizom" asosida amalga oshiriladi. (Nizom - pdf, 177Kb)

Mahalliylashtirish dasturlariga tegishli hujjatlarni ekspert organlariga onlayn tarzda taqdim etish uchun tizimga Davlat soliq qo`mitasi tomonidan berilgan tegishli elektron raqamli imzo orqali kirish talab etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi 154-sonli qaroriga muvofiq Mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirishga oid tegishli jadval va shakllarni yuklab olish (zip, 28,3Kb) mumkin.

Tizimga kirish >>

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.