Iqtisodiyot vazirligining vazifalari

17/06/2014 - 18:27 3466

Quyidagilar Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
  • jamiyatni rivojlantirish va demokratik qayta o‘zgartirishlar maqsadi va ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va isloh qilishning, iqtisodiyotni boshqarishning bozor metodlari va mexanizmlarini joriy etishning puxta o‘ylangan strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etish;
  • asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni, respublikaning, mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasini kompleks ravishda izchil tahlil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini asoslash;
  • iqtisodiyotni rivojlantirishning ko‘p variantli ssenariylarini, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqalar, tarmoqlar va iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli prognozlari va dasturlarini ishlab chiqish;
  • muhim qiymat, moddiy va mehnat balanslarini ishlab chiqishni tashkil etish;
  • asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning pul-kredit agregatlari, davlat byudjeti parametrlari, tashqi savdo, to‘lov balanslari va tarmoqlararo balanslar bilan o‘zaro bog‘liqligini ta'minlovchi ta'sirchan mexanizmni shakllantirish;
  • byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta va monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yo‘nalishlari, tabiiy monopoliyalar mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlar va tariflarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish, to‘lov, moliya va moddiy balanslarni shakllantirish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashish;
  • demografik prognozlarni, aholini aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilish, ichki iste'mol bozorini to‘ldirish, odamlar farovonligini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
  • iqtisodiyotni tarkibiy qayta o‘zgartirishlarning o‘rta muddatli prognozlarini, tarmoqlarni rivojlantirish, zamonaviylashtirish va texnologiya bilan qayta jihozlash, ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish, ilg‘or, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish dasturlarini ishlab chiqish;
  • tarkibiy siyosat maqsadlariga erishishni, mintaqalarni kompleks rivojlantirishni ta'minlovchi qisqa va o‘rta muddatli investitsiya dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqbul sur'atlari va nisbatlarini, mineral va xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanishni, O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishni ta'minlovchi zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasini, telekommunikatsiyalar vositalarini rivojlantirish;
  • eksport potensialini rivojlantirishni rag‘batlantirish, tashqi savdo va to‘lov balanslarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozlarini tayyorlash, respublikani jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalash strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish;
  • respublika uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya dasturlarini amalga oshirishga xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sug‘urta tashkilotlari hamda donor mamlakatlarni ishtirok etishga faol jalb etish maqsadida ular bilan hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.