Iqtisodiyot va sanoat vazirligining asosiy funksiyalari

22/02/2019 - 14:17 12516

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

1) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili va prognozi va iqtisodiy boshqaruvning bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda uning asosiy tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish:

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, bozor islohotlari jarayonlarini tahlil qilish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha tizim monitoringi va tahlilini amalga oshiradi va shu asosda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi;

iqtisodiyotni boshqarishda bozor usullari va mexanizmlarini joriy etishni kengaytirish, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni qisqartirish va optimallashtirish bo‘yicha takliflarni tanqidiy tahlil asosida ishlab chiqadi;

asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish va monitoring qilishni, respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, hududlar va sanoat tarmoqlarining tizimli tahlilini amalga oshiradi;

makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishni asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan pul agregatlari, davlat byudjeti parametrlari, tashqi savdo va tarmoqlararo balanslar bilan birgalikda ta'minlash uchun chora-tadbirlarni, shuningdek jahon bozoridagi konyuktura va global mintaqaviy iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalarini ishlab chiqadi;

iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganadi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha kompleks tizim tahlilini olib boradi, iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan nomutanosibliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish yullarini ishlab chiqadi; 

o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi iqtisodiy tarmoqlar va hududlar kesimida respublikani rivojlantirish uchun alternativ dasturlarni ishlab chiqadi.

2) xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va “yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish sohasida:

biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirish yo‘lida iqtisodiyot tarmoqlari va kichik sanoat zonalarida xususiy sektorning ulushini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish va kichik sanoat zonalarining salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatida keraksiz byurokratik jarayonlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida vazirlik, tuman va shahar bo‘linmalari huquqiy boshqarmalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqadi;

biznes muhitini yanada yaxshilash va qounchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilish, shuningdek tadbirkorlik sohasida qabul qilingan me'yoriy-huquqiy xujjatlarni amalga oshirishga jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi;

3) sanoat korxonalarini samarali joylashtirish, hududlarning tabiiy va iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish orqali asosida davlat sanoatini rivojlanish strategiyasi (modeli)ni ishlab chiqish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitini yaratish, shu jumladan investitsion faollikni oshirish va xorijiy investorlarni jalb qilish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va sanoatning rivojlantirishning kompleks dasturlari, tarkibiy o‘zgarishlar va difersifikatsiya qilish dasturlari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli va o‘rta muddatli investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqadi;

ishlab chiqarish, infratuzilmalar va ijtimoiy investitsiya loyihalarni amalga oshirilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

iqtisodiy o‘sish sur'atlari va iqtisodiy-ijtimoiy sohalarning investitsiya resurslariga bo‘lgan talablari, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning muvozanatli rivojlanishini ta'minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; 

energiya samaradorligi siyosatini ishlab chiqadi va ijtimoiy ob'yektlar resurslarining intensivligini va kapital zichligini kamaytiradi;

ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatidan maksimal foydalanish, zamonaviy asbob-uskunalar va ilg‘or resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha sanoat dasturlarini ishlab chiqadi;

eng muhim moddiy muvozanatni rivojlantirishni tashkil etishga asoslangan yuqori likvidli mahsulotlardan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlaydi va ularni amalga oshirishni nazorat qiladi;

import qilinadigan mahsulot hajmi va nomenklaturasini chuqur tahlil qilib, shu asosda mahsulot, komponentlar va materallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; 

4) Tovar bozorlaridagi muvozanatni ta'minlash bo‘yicha tizimli chora tadbirlarni amalga oshirish sohasida: 

mamlakat sanoatini rivojlantirish siyosatini amalga oshirish jarayonini ishlab chiqadi va nazorat qiladi;

yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan mineral xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida bazaviy tarmoqlarni modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi.

sanoatning davlat va rivojlanish yo‘nalishlarini chuqur tahlil qilish asosida samarali sanoat tuzilmasini shakllantirish, uning yaxlit va muvozanatli rivojlanishini ta'minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosida sanoat va tarmoqlararo komplekslarni modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi; 

sanoatning rivojlanishini va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni baholaydi;

davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlarni yetkazib berishning (ishlar va xizmatlar ko‘rsatish) hajmi va tarkibi, shuningdek mamlakat iqtisodiyoti milliy safarbarlik rejalarini shakllantiradi;

oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabzavotlarni sotib olish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish va monitoring qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

ho‘l meva-sabzavotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va logistikasini amalga oshirish uchun infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

meva-sabzavotlar, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash darajasini oshirish va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish dasturlarini ishlab chiqadi;

5) milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish sohasida:

eksport tarkibi va hajmini chuqur taxlili asosida O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralar ishlab chiqish, eksport mahsulotlari turlarini kengaytirish va hajmlarini oshirish rezervlarini aniqlaydi;

savdo balansini muvofiqlashtirish va importni ratsionallashtirish, eksport salohiyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qabul qilingan choralar bilan bog‘liqlikda yillik tashqi savdo balanslari, tovar (ish, xizmat)lar importi ko‘rsatkichlarini va eksport prognozi ishlab chiqadi;

horijiy bozorlardagi rivojlanish jarayonlarini va tashqi bozorlardagi konyunkturani o‘rganish asosida, yangi turdagi tovarlarni kelajakda eksportga yo‘naltirish uchun ularni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

import qilinayot mahsulot hajmi va turlarini tahlil qilish va uning asosida, iste'mol tovarlari ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarni kengaytirish, material va butlovchi qismlar, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni chuqur mahalliylashtirish asosida uning importga qaramliligini muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

Huqumat toprig‘iga asosan xalqaro tashkilotlar va horijiy mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ilgari suradi, va o‘rnatilgan tartibda boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan xalqaro huquq me'yorlari muvofiq sanoatni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzadi;

6) Davlatning urbanizatsiya sohasidagi siyosati, urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan samarali tartibga solinishini ta'minlash:

uzoq muddatli industrilizatsiya siyosatining o‘sishi, bosqich va natijadorlarini rejalashtirish, shaharlar va qishloq joylarida uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, shaharlardagi aholining tezkor industrilizatsiya sharoitida demografik imkoniyatlarini va ishchi kuchiga bo‘lgan talabni hisoblash;

iqtisodiy yuksalishning ijobiy tomonlarini belgilash, boshqaruv markazlarining joylashuvini tanlash, ta'lim sohasidagi siyosatni muvofiqlashtirish, mehnat bozori, ichki va tashqi migratsiyani shakllantirish.

qishloq joylaridagi mehnat muxojirlarini shaharga o‘tishi bo‘yicha keng qamrovli dastur ishlab chiqish, bunda qishloq aholisini yangi sanoat mutaxassisliklariga qayta tayyorlash va malakasini oshirishda institutsional va tashkiliy tayyorgarlik ishlarini olib borish.

ilg‘or energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida sun'iy yo‘ldosh shaharlar, jumladan, ijtimoiy, muhandislik, kommunal, yo‘l va transport infratuzilmalarini yaratish yo‘li bilan shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish,
shaharsozlik tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, xalqaro tajriba va amaliyotni hisobga olgan holda kichik, o‘rta va yirik shaharlarning samarali nisbatlarini shakllantirish.

7) mamlakatni faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi tarmoq va hududiy rivojlanish maqsadli dasturlari ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlikda investitsiyalarni jalb qilish asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;

milliy iqtisodiyotni o‘rta va uzoq muddatlarga barqaror rivojlanishini ta'minlovchi davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shuningdek tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlariga kiritilgan investitsiya loyixalarini samarali va sifatli amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;

sohalarni rivojlantirish konsepsiyasini (strategiyasi) shaklantirish uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari tomonidan, shu jumladan chet el konsalting kompaniyalarini jalb qilingan xolda ishlab chiqilgan texnik shartlarni kelishish;

8) inson kapitalini rivojlantirish darajasi va sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni kompleks taxlil qilish va ishlab chiqish sohasida:

mehnat resurslari balansi, shuningdek demografik ko‘rsatkichlarini, mehnat resurslari soni va tarkibini miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, iqtisodiyotni rivojlanish istiqbollarini chuqur taxlil qilish va prognozi asosida ishchi kuchi talabi va taklif prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishni koordinatsiya qiladi; 

aholi turmush darajasining ko‘rsatkichlarini tizimli tahlil qilish, daromadlarning o‘sishini ta'minlash va aholining xarid qobiliyatini ta'minlash, hayot sifatini yaxshilash va aholining moddiy farovonligini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

ta'lim tizimini takomillashtirish va mehnat bozorini malakali mutaxassislar bilan ta'minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

rivojlanish konsepsiyalari, strategiya va dasturlarni, shuningdek ta'lim tizimi muassasalari, fan, sog‘likni saqlash, sport, madaniyat, turizm va boshqa ijtimoiy infrastruktura muassasalarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash  bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

mehnat va aholi bandligi, ta'lim, sog‘liqni saqlash, spor, madaniyat va turizm sohasida normativ-meyoriy xujjatlarni takomillashtirishbo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi.

9) iqtisodiy organlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilish, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Vazirlik va uning tuzilmaviy bo‘linmalari ish shakli va metodini takomillashtirish soxasida:  

iqtisodiy organlarning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi;
iqtisodiy organlarning faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishni ta'minlaydi;

Vazirlik idoralarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni, shuningdek axborot xavfsizligini ta'minlashni muvofiqlashtiradi;

xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni muntazam asosda tashkil etadi, vazirlik rahbarlari va xodimlarining ishlash shakllari va usullarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiradi.

Vazirlik xodimlarining uzluksiz malakasini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni ta'minlaydi.

10) O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni yuqori sifatli va o‘z vaqtida bajarishda ko‘maklashish sohasida:

davlatning rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish doirasida loyihalarni tayyorlash, loyiha va tender hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qilish; 

tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) davlat xaridi bo‘yicha texnik topshiriqlar, shartnomalar, import shartnomalari va ularga qo‘shimcha shartnomalarni o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qilish; 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari xisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.