Нyundai Engineering Co. Ltd. kompaniyasining vakili bilan uchrashuv

08/07/2019 - 15:25 470

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar mamlakatimiz hududlarida xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birgalikga, investitsiya muhitini yaxshilashda muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, jumladan barqaror energiya taʻminoti, muhim rol oʻynaydi.

Zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish hisobidan generatsiya quvvatlarini yanada rivojlantirish, energiya tizimlarini ishlash ishonchliligini oshirish va respublika isteʻmolchilarini elektr energiya bilan barqaror taʻminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentyabrdagi PQ-3264-sonli «Taxiyatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatga ega ikkita parogaz qurilmalarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq Janubiy Koreyaning «Нyundai Engineering Co. Ltd.» va «Нyundai Engineering & Construction Co. Ltd.» kompaniyalarining konsortsiumi bilan foydalanishga tayyor holda qurilish shartnomasi tuzildi.

 

Ushbu loyiha ikkita parogaz qurilmalarini qurish, eski va samarasiz energiya bloklarini ekspluatatsiyadan chiqarish, Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasining energiya samaradorligini oʻstirish va energiya taʻminotini oshirishni oʻz ichiga oladi.

Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish, xalqaro moliya tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb qilingan kreditlaridan samarali foydalanish maqsadida konsortsiumga bir qator soliq va bojxona imtiyozlari berildi.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUK tomonidan ushbu loyihani amalga oshirish doirasida bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllagan holda olib kiriladigan tovarlar roʻyxatining kompleks ekspertizasi oʻtkazilmoqda.

«Hyundai Engineering Co. Ltd» vakili, janob Park Youngil, ushbu loyihani amalga oshirish uchun olib kirilgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi bilan, shuningdek turli xil ruxsatnomalarni olish bilan shugʻullanadi. Janob Park, Markazga boʻlgan soʻngi tashrifi mobaynida, qurilish taraqqiyoti va erishilgan natijalar toʻgʻrisida maʻlumot berdi, hamda amalga oshirilayotgan loyihaning va Markaz tomonidan oʻtkazilayotgan ekspertizaning muhimligi haqida oʻz fikrini bildirdi.

Janob Parkning soʻziga qaraganda, ushbu loyiha elektroenergetikani rivojlantirish, ishlab chiqarish obʻektlari va aholini elektr energiya bilan taʻminlash hamda ushbu mintaqaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun katta ahamiyatga ega. Taxiatosh IESda ikkita yangi parogaz qurilmalarini qurish loyihasi Respublikaning shimoli-gʻarbiy qismini elektr energiya bilan taʻminlashga imkon beradi. Qurilganiga 50 yildan oshiq bo’lgan Taxiatosh DTESi zamon talablari bo’yicha samarali emas. Oʻzbekiston Respublikasining gʻarbiy qismida elektr energiyasiga ehtiyoj borligi sababli, uni yangilanishini tezlashtirish kerak. Shuning uchun, yakunlanishi 2021 yilga moʻljallangan, ushbu loyiha amalga oshirilmoqda.

«Qashqadaryo viloyatida Tolimarjon IESning birinchi loyihasini (2013-2017 yillar) amalga oshirishda bojxona imtiyozlari qoʻllagan holda olib kiriladigan tovarlar roʻyxati bir qator vazirliklar va idoralar bilan koʻrilib chiqilganidan soʻng tegishli normativ-huquqiy hujjat bilan tasdiqlanar edi. Har bosqichdagi ishning katta hajmi va miqdorini hisobga olgan holda, roʻyxatlarni tasdiqlanishi uchun juda koʻp vaqt, baʻzan bir necha oylar, ketar edi.

Taxiatosh IESni modernizatsiyasi - konsortsium tomonidan amalga oshirilayotgan ikkinchi loyihadir. Taʻkidlash joizki, yangi protsedura olib kiriladigan tovarlar roʻyxatini shakllanishini va koʻrib chiqish tartibini sezilarli darajada soddalashtirdi, buning natijasida tovarlarni bojxona rasmiylashtiruv, shuningdek, ularni ishlab chiqarishda foydalanish vaqti sezilarli darajada qisqardi. Amaliyot shuni koʻrsatdiki, Markazda tajriba orttirgan mutaxassislar ishlaydi, ekspertlar barcha tafsilotlarni chuqur o’rganishadi va kompleks ekspertizaning yakunida hulosalarni kechiktirmasdan berishadi. Shu munosabat bilan, hozirgi kunda loyihani amalga oshirilishi shartnoma grafikidan ancha oldinda», - aytib oʻtdi «Hyundai Engineering Co. Ltd» vakili.

Janob Pak, Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ekspertiza nafaqat davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun, balki umuman shunga oʻxshash loyihalar uchun ham muhim rolga ega, deb hisoblaydi. Olib kirilayotgan tovarlar miqdori va hajmi mamlakat uchun juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun chet el sarmoyasi ishtirokida yirik loyihalarni, ayniqsa milliy, davlat loyihalarni amalga oshirishda shunday ekspertizani oʻtkazilishi juda muhimdir.

Eslatib oʻtamizki, Janubiy Koreyaning qurilish kompaniyasi, «Нyundai Engineering Co. Ltd.» va «Нyundai Engineering & Construction Co. Ltd.», Taxiatosh IESini modernizatsiya qilish boʻyicha AJ «Oʻzbekenergo» tomonidan tashkil etilgan xalqaro tanlovlarning gʻolibi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK